Simeone: “Himoyadan o'ynashga uyalmadik”
16 mar 2022 08:45
Yangiliklar
Simeone: “Himoyadan o'ynashga uyalmadik”
CHempionlar Ligasi 1/8 finalida MYU ustidan qozonilgan g'alabadan keyin “Atletiko” ustozi Diego Simeone o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Mamnunman. Ko'plab insonlar muvaffaqiyatga erishish uchun ko'p mehnat qilishadi. Ko'pchilik qoniqarsiz natijalardan qochishga intiladi.
Raqobatbardosh jamoaga aylandik, himoyadan o'ynashga uyalmadik va hujumga o'tayotganda qanday o'ynashni bilardik.
Gol o'yin xarakteriga mos kelmadi, ammo bu bizga raqibga qiyinchilik tug'dirishga qodirligimizga ishonch bag'ishladi.
Hisobda oldinga o'tib oldik, 2-taymda mavsumdagi eng yaxshilaridan biri bo'lgan yorqin jamoaviy o'yin ko'rsatdik va bundan juda ham xursandman. “Atletiko”ning barcha azolari qoyilmaqom o'yin o'tkazdi, hech kim yomon harakat qilmadi”, deydi argentinalik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar