Simeone Feliks haqida: "U hozircha biz bilan ekan, klub uchun borini berishiga harakat qilaman"
30 dek 2022 11:07
Yangiliklar
Simeone Feliks haqida: "U hozircha biz bilan ekan, klub uchun borini berishiga harakat qilaman"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchi Joau Feliksning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
"U hozircha biz bilan ekan, klub uchun borini berishiga harakat qilaman. Keyinchalik nima bo'lishini ko'ramiz", — dedi Simeone "Elche" (2:0)ga qarshi o'yindan so'ng.
Oldinroq, Feliksning qishki transfer oynasida "Atletiko"dan ketmoqchiligi aytilgan edi.
Portugaliyalik futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 50 million evroga baholamoqda.
Feliks joriy mavsum "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar