Silva yozda "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin
13 apr 00:43
Yangiliklar
Silva yozda "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva yozda "Benfika"ga qaytishi mumkin.
Klublar o'rtasida muzokaralar ketmoqda. Silva o'zi tarbiyalanuvchi bo'lgan "Benfika"ga qaytadigan bo'lsa, maoshining pasayishiga rozi bo'lishga tayyor. "Manchester Siti" joriy mavsumdagi eng omadsiz natijalar fonida tarkibni yangilash uchun 30 yoshli futbolchini sotishi mumkin. Silvaga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.
Silva joriy mavsum barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 45 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar