So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  1 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   2 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  17 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

JCH-2018. SHveycariya va Kosta-Rika murosa ko'chasini tanlashdi Yangiliklar

JCH-2018. SHveycariya va Kosta-Rika murosa ko'chasini tanlashdi

Teglar :  JCH-2018
SHveycariya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 guruh bosqichi 3-tur uchrashuvi yakunlandi.

SHveycariya - Kosta-Rika 2:2

Gol: Jemayli 31, Drmich 88 - Uoston 56, Zommer 90+3 (avtogol).

SHveycariya: 1.Yann Zommer, 2.SHtefan Lixtshtayner, 5. Manuel Akanji, 13.Rikardo Rodriges, 22.Fabian SHer, 10.Granit Jaka, 11.Valon Bexrami (Zakariya 60), 15.Blerim Jemayli, 23.SHerdan SHakiri, 7.Brel Embolo, 18.Mario Gavranovich.

Kosta-Rika: 1.Keylor Navas, 2.Jonni Akosta, 3.Jankarlo Gonsales, 8.Brayan Ovedo, 16.Kristian Gamboa, 19.Kendall Uoston, 5.Selso Borxes, 9.Daniel Kolindres, 10.Brayan Ruis, 20.David Guzman, 12.Xoel Kempbell.

Ogohlantirishlar: Lixtshtayner 37 - Gamboa 11, Kempbell 29.

Uchrashuvdagi gollarni bu erdan ko'rishingiz mumkin: TELEGRAM

Switzerland

Blerim Dzemaili - 31', Josip Drmic - 88'

World Cup Grp. E . 3-tur

27/06/2018, 23:00

2
:
2
Tugadi

Costa Rica

Kendall Waston - 56', Yann Sommer - 90'

Stadion: Nizhny Novgorod Stadium, 43319 tomoshabin

Bosh hakam: Clement Turpin

45'
90'
31'  Blerim Dzemaili
31'  Breel Embolo
37'  Stephan Lichtsteiner
60'  Valon Behrami (Denis Zakaria)
69'  Mario Gavranovic (Josip Drmic)
75'  Denis Zakaria
81'  Xherdan Shaqiri (Michael Lang)
83'  Fabian Schaer
88'  Josip Drmic
88'  Denis Zakaria
11'  Cristian Gamboa
29'  Joel Campbell
56'  Kendall Waston
56'  Joel Campbell
81'  Daniel Colindres Solera (Rodney Wallace)
89'  Kendall Waston
90'  David Guzman (Randall Azofeifa)
90'  Cristian Gamboa (Ian Smith)
90'  Bryan Ruiz
90'  Yann Sommer




Uchrashuv yakunlandi!

90+3. GOOOOLL! Brayan Ruisning zarbasi darvoza to'siniga tegib, qaytayotganda Zommerga tegdi va darvozaga kirib ketdi.

90+2. Endi aniq penalti! Kempbellni yiqitishdi 

90+1.Yo'q. O'yindan tashqari holat qayd etildi.

90. PENALTI!!! Hakam VAR tizimiga murojaat qildi. Goldan bir daqiqa o'tar-o'tmas SHveycariya darvozasiga pealti belgilanmoqda.

88. GOOOOOLLL! Yosip Drmich! Qanotdan uzatilgan to'pni Drmich bir zarba bilan darvoza to'riga joyladi.

81. O'zgarish. SHakiri o'rniga Lang maydonga tushdi (SHveycariya). Daniel Kolandres o'rnini Uollesga bo'shatib berdi (Kosta-Rika).

79. Xoel Kempbell qarshi hujum tashkil qildi va vaziyat zarba bilan yakunlandi. Yana Zommer qahramon.

78. ZARBAAA! SHveycariya terma jamoasining hujumi gol bo'lishi mumkin edi, ammo berilgan zarba darvoza to'siniga tegib qaytdi.

69. Kosta-Rika bu Jahon chempionatida gol ura olmagan so'nggi jamoa edi. Endi Rossiyadagi mundialda ishtirok etgan barcha 32ta terma jamoa gol urdi

60. O'zgarish. Bexrami o'rniga Zakariya maydonga tushdi.

56. GOOOOLL! Kendall Uoston! Burchakdan uzatilgan to'pni Uotson darvozaga burdi. Bu safar Zommer ojiz qoldi.

55. Kosta-Rika yaxshi hujum uyushtirdi. Ovedoning hujumni yakunlovchi zarbasi noaniq bo'ldi.

50. Hozirgi hisob o'yin oxirigacha o'zgarmasa guruhdagi jadval quyidagicha bo'ladi:

 1.Braziliya - 7 ochko

 2.SHveycariya - 7 ochko

 3.Serbiya - 3 ochko

 4.Kosta-Rika - 0 ochko


49. Bu o'yin bilan bir vaqtda o'tayotgan Braziliya - Serbiya o'yinida hisob ochilgan. BIrinchi bo'limda Paulino gol urishga muvaffaq bo'ldi.

47. Hozircha tarkiblarda o'zgarishlar bo'lgani yo'q. 

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.


45. TANAFFUS!

43. Seyvlarga etibor bering: 4:0, Zommer oldinda. Aniq zarbalar bo'yicha ko'rsatkich 1:4, Kosta-Rika ustun. Ammo hisob boshqacha.

35. SHakiri maydonda yotibdi. Hammasi joyida, SHerdan o'rnidan turdi, u o'yinni davom ettira oladi.

31.GOOOOOLL! JEMAYLI!!! SHveycariyaliklar bitta xavfli vaziyat yaratib, raqib darvozasini ishg'ol qildi. Embolo qanotdan uzatilgan to'pni Jemayliga boshi bilan tashlab berdi, Blerim esa kuchli zarbasi bilan gol urdi. Hisob ochildi, 1:0.

26. Kolindres Lixtshtaynerning boshiga tegib qo'ygani SHtefanga yoqmadi. SHveycariyalik futbolchi g'azabda raqibiga tashlanmoqchi bo'ldi, ammo hakamlar uni to'xtatib qolishdi va yigitlarni yarashtirib qo'yishdi.

24. Kolindres SHveycariya darvozasiga zarba berdi, ammo so'nggi soniyalarda himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi va xavf bartaraf etildi.

19. Ovedo Zommer darvozasiga ajoyib zarba berdi, biroq posbon yana o'z jamoasini goldan qutqardi. 

10. Kosta-Rika zarbalar yomg'irini davom ettirmoqda. Bechora Zommer esa ularni qaytarish bilan band. Ammo so'nggi zarbada to'sin shveycariyaliklar joniga oro kirdi.

6. Kosta-Rika!!!! Daxshat! Avval Xoel Kembell keyin esa Selso Borxes Yann Zommer darvozasini nishonga olishga urindi. Posbon esa o'z vazifasini alo darajada uddaladi. Kosta-Rika zarbalar soni bo'yicha oldinga chiqib oldi. 3:0

3. SHveycariya bahsni faol boshladi. Ularning ilk hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo SHakirining uzatmasini darvozaga to'g'irlaydigan futbolchi topilmadi.

1. Uchrashuv boshlandi! 

- Yana bir bor saytimizga xush kelibsiz. Navbatdagi uchrashuvni sizlar bilan birgalikda kuzatishga tayyormiz, sizchi?

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика