So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  6 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  15 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  404 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

SHveciyadan so'ng Gruziya yoxud O'zbekistonning Evropa terma jamoalari bilan statistikasi qanday? Yangiliklar

SHveciyadan so'ng Gruziya yoxud O'zbekistonning Evropa terma jamoalari bilan statistikasi qanday?

Srechko Katanec murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi bugun Gruziya bilan o'rtoqlik uchrashuvida to'qnash keladi.

Bilasiz Gruziya Evropa qitasi vakili hisoblanadi. Bunday darajadagi terma jamoalarga qarshi o'ynash doim foydali bo'lib kelgan. To'g'ri natija yaxshi bo'lmasligi mumkin, lekin xato va kamchiliklarni ko'rib olish uchun juda qulay imkoniyat hisoblanadi. Evropaliklar terma jamoamizni o'z sinovidan o'tkaza boshlaganiga 20 yil to'ldi. Ushbu yo'ldagi ilk  bahs Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi kechgan bo'lib, ular bilan shu kungacha naqd 9 bor to'qnash kelganmiz. Keyingi o'rinlarda Belarus 3, Armaniston 2, Estoniya 2, Slovakiya 1, Albaniya 1, Ukraina 1, CHernogoriya 1, Latviya 1, Gruziya 1, Isroil 1,Turkiya 1,  SHveciya 1 marotabadan raqiblik qilgan. 

Mana shu o'yinlarda jamoamiz 4ta g'alaba, 15ta mag'lubiyat, 7da durang qayd etilgan. Raqiblar darvozasi 24 bor ishg'ol qilingan bo'lsa, 42ta to'p o'tkazib yuborilgan

Ozarbayjon - O'zbekiston 2:1

O'zbekiston - Ozarbayjon 5:1

Isroil - O'zbekiston 2:0

O'zbekiston - Armaniston 0:2

O'zbekiston - Ozarbayjon 2:1

O'zbekiston - Bosniya va Gercogovina 2:1

Slovakiya - O'zbekiston 4:1

Ozarbayjon - O'zbekiston 2:0

Belarus - O'zbekiston 2:2

O'zbekiston - Belarus 1:2

Latviya - O'zbekiston 0:3

Ozarbayjon - O'zbekiston 3:1

O'zbekiston - Ozarbayjon 0:0

Ozarbayjon - O'zbekiston 1:0

O'zbekiston - Estoniya 0:0

O'zbekiston - Bosniya va Gercogovina 0:0

Armaniston - O'zbekiston 3:1

Albaniya - O'zbekiston 1:0

Estoniya - O'zbekiston 3:3

CHernogoriya - O'zbekiston 1:0

Ukraina - O'zbekiston 2:0

Ozarbayjon - O'zbekiston 0:0

O'zbekiston - Gruziya 2:2

Turkiya - O'zbekiston 2:0

Belarus - O'zbekiston 1:0

SHveciya - O'zbekiston 2:1

(P.S: O'zbekiston milliy terma jamoasining 1995 yil Bolgariya va Vengriya bilan kechgan o'yinlari rasmiy statistikaga kiritilmagan. Sababi bu ikki raqib klublar terma jamoasi sifatida vakillarimizga qarshi maydonga chiqqan)


Gruziya terma jamoasi bilan 2017 yilning yanvar oyida Dubaydagi yig'in davomida to'qnash kelganmiz. Ushbu uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan bo'lib, termamizning ikki goliga Eldor SHomurodov mualliflik qilgandi. Umuman Gruziya futboli biz uchun begona hisoblanmaydi. So'nggi yillarda chempionatimizda gruziyalik murabbiy SHota Arveladze faoliyat olib borgan bo'lsa, "Qizilqum" safida ayni paytda Elguja Grigalashvili, Mate Vatsadze, Georgiy Kuxianidze to'p tepmoqda. 

"Gruziyaliklar O'zbekiston bilan o'yinga jiddiy qarashmoqda" - Elguja Grigalashvili

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика