SHveciya kechagi dramatik o'yinda antirekord qayd etdi
24 iyu 2018 07:47
Yangiliklar
SHveciya kechagi dramatik o'yinda antirekord qayd etdi
Kecha oqshom SHveciya terma jamoasi guruh bosqichining 2-turida Germaniyaga alamli tarzda yutqazib (1:2) qo'ydi.
Yanne Andersson shogirdlari hisobda oldinda bora turib, yakunda mag'lubiyatga uchradi. SHvedlar ikkinchi bo'limda ikkita to'p o'tkazib yuborishdi. Ayniqsa, ikkinchisi juda alamli bo'ldi.
Bir kishi kam bo'lib qolgan olmonlar asosiy vaqtga qo'shib berilgan so'nggi daqiqalarda Toni Kroos jarima zarbasidan kiritgan super goli evaziga o'ta muhim uch ochkoni qo'lga kiritishdi.
Aynan mana shu o'yinda SHveciya antirekord qayd etdi. Skandinaviyaliklar mundiallarning sakkizinchi o'yinida hisobda oldinda bora turib, yakunda mag'lubiyatga uchrashdi. Bu jahon chempionatlari antirekordi hisoblanadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar