So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  0 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  4 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   47 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   1 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

SHuiji Takamura: "O'zbekiston chorak finalning ham favoriti, ham autsayderi" Yangiliklar

SHuiji Takamura: "O'zbekiston chorak finalning ham favoriti, ham autsayderi"

"Interkontinental" mehmonxonasi Yaponiya va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan jurnalistlar bilan to'lib toshgan.

Mazkur inshootda iayni paytda O'zbekiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Iordaniya terma jamoalari azolari istiqomat qilishyapti. Saudiya Arabistoni bugun ortga qaytishi lozim edi. 

Yaponiya OAVda faoliyat olib borayotgan SHuiji Takamura bilan qisqacha suhbatda bo'ldik.

"Agar terma jamoangiz bugungi o'yinini 1/4 finalda ham ko'rsata olsa, bu sizlarni uchrashuv favoritiga aylantiradi. Agarda harakatingiz Xitoyga qarshi o'yindek bo'lsa, sizlar autsayder vazifasini o'taysizlar. O'zbekiston terma jamoasi uchta o'yinda uch xil ko'rindi. Bir xillik yo'q. Bu ham yaxshi, ham yomon. Boisi muxlislaringiz bugun qanday o'ynashingizni bilishmaydi. 

So'nggi turda ochig'i men terma jamoangizdan bunday o'yin kutmagandim. SHunchaki hammasi ajoyib. 4-raqamdagi futbolchi menda iliq taassurot qoldirdi. Ahmedov va Denisov ham o'z repertuarida. Bunday qiyin vaziyatdan hamma ham chiqib keta olmaydi. Men hakamning qarorini nazarda tutyapman" - deydi Takamura.

Bevosita terma jamoasi haqida esa u quyidagilarni gapirib o'tdi:

"Kagava hali o'zini ko'rsata olgani yo'q. O'zi terma jamoamiz guruh o'yinlarida hech qachon bor mahoratini ishga solmagan, 1/4 finaldan boshlab tezlikni oshiramiz. 2011 yilgi Osiyo Kubogini yodga olsak kifoya. Lekin Osiyoda futbol tezlik bilan o'sayotganini ham unutmasligimiz kerak. Yaponiya hozir avvalgi yillardagidek osonlik bilan yutayotgani yo'q".

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика