So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  1 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  12 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  18 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

SHuhrat Muhammadiev: "Yana maydonga qaytganimdan xursandman" Yangiliklar

SHuhrat Muhammadiev: "Yana maydonga qaytganimdan xursandman"

"Lokomotiv" himoyachisi o'tgan yil "Nasaf" bilan kechgan bahsda og'ir jarohat olib maydonni tark etgandi.

Kecha o'tkazilgan "Lokomotiv" - AGMK  o'rtoqlik uchrashuvida SHuhrat Muhammadiev bir yildan ziyod tanaffusdan so'ng maydonga qaytish bilan birga o'zi uchun yangi chap qanot himoyasida to'p tepdi. Klubimiz matbuot xizmatiga bergan intervyusida Muhammadiev dastlabki taassurotlar haqida to'xtaldi. 


- Bir yildan sal ko'proq vaqt o'tib yana maydonga qaytdingiz.  

- Futbol o'ynashim o'zim kutgandan ham cho'zilib ketdi. Lekin asosiysi yana yashil maydonga qaytdim va bundan juda xursandman. Kecha AGMK bilan o'rtoqlik uchrashuvida bir bo'lim harakat qildim. To'g'risi, ancha payt o'ynamaganim uchun hayajon sezildi.


- Bu o'yinda bosh murabbiy sizni chap qanot himoyasida sinab ko'rdi. 

- Ha, shunday. Endi bu chiziqqa ko'nikmaganim uchun bazi vaziyatlarda pozicion xato qildim. Lekin baribir futbolchi murabbiy aytgan joyda o'ynab o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Mashg'ulotlarda ham chap qanot himoyasida sinab ko'rishyapti. Tez orada o'ynab ketaman deb umid qilaman.


- Jarohatdan qutilib safga qaytish ancha cho'zilib ketgandek?

- O'tgan yil may oyida jarohat olgan bo'lsam, kuzga borib maydonga qaytishimni aytishgandi. Biroq ikki bor operaciya stoliga yotishga majbur bo'ldim. Birinchi operaciyam yaxshi o'tmagan ekan, ikkinchi bor yana operaciya qildirishga to'g'ri keldi.


- Rasmiy o'yinlarda ham chap qanotda o'ynashga to'g'ri kelsa bu siz uchun qiyin bo'ladimi? 

- Albatta, oson bo'lmaydi. CHunki bungacha to'rt yil "Mashal"da va yana to'rt yil "Nasaf"da faqat o'ng qanot himoyasida to'p tepganman. "Lokomotiv"ga kelganimdan beri ham o'ng qanotda o'ynab kelayotgandim. Lekin baribir bosh murabbiyimiz ko'rsatmasiga amal qilishim kerak. CHunki maydonda futbolchi o'ynaydigan joyni murabbiy belgilab beradi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика