So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  4 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  14

SHuhrat Maqsudov: "Uchrashuvdan oldin turnir jadvaliga qarash yomon oqibatlarga olib kelishini bilar edik" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Uchrashuvdan oldin turnir jadvaliga qarash yomon oqibatlarga olib kelishini bilar edik"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Turon" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov fikrlarini bildirib o'tdi.





"G'alaba bilan "Bunyodkor" jamoasi muxlislari va rahbariyatini chin qalbimdan tabriklayman. Ayniqsa ishqibozlarga katta rahmat aytaman. Bunday o'yin bo'lishini oldindan sezgandik. Turnir jadvaliga futbolchilar istaysizmi yoki yo'qmi baribir qarashadi. "Navbahor"ga qarshi uchrashuvdan so'ng bu borada har kuni takidladik. CHunki bu yaxshilikka olib kelmasdi. Lekin insoniylik faktori bunga sabab bo'lardi. Ilk daqiqalardan qandaydir raqibni mensimasdan harakat qilgandek bo'ldik. Xudoga shukur yakunda haqqoniy g'alabaga erishdik. To'g'ri yutqazishimiz ham mumkin edi. Biroq yigitlarning mehnati, ishonchi bilan uch ochkoni qo'lga kiritdik. CHetlatish ham o'z so'zini aytmasdan qo'ymadi. "Turon" jamoasi ham harakat qildi. "CHo'kayotgan inson cho'pga ham tayanadi",- deb bejiz aytishmagan. Ularni tushunaman. Futbolchilarga katta rahmat aytaman",- deydi SHuhrat Maqsudov.

- Bugungi g'alabada raqib futbolchisining ham qizil kartochka olgani qay darajada tasir qildi? Ular bir kishi ko'p bo'lgan vaziyatda keskinroq hujumlar uyushtirishayotgandi. Bir qarashda ustunlik ular tomoniga o'tib ketgandek bo'ldi...

- To'g'ri aytdingiz. Qaysidir manoda ishimizni engillashtirdi. "Turon"ga hozirgi vaqtda g'alaba zarur. Ularning oldinga borishini bilgan holda qarshi hujumda o'ynashga harakat qildik.

- "Turon" Pro ligaga tushib ketish uchun asosiy davogar bo'lib turibdi. "Bunyodkor" barcha jamoalarga qarshi o'ynab chiqdi. Nima deb o'ylaysiz o'yin jihatdan Yaypan klubi eng kuchsizimi?

- Yo'q, bunday o'ylamayman. CHunki ko'rib turibmiz, "Andijon"ni ham Superligadan chiqib ketadi, deyishmoqda. Biroq Toshkentda "Lokomotiv" bilan durang o'ynab ketdi. Futbolda bilib bo'lmaydi. 

- "Bunyodkor" uchta o'yindan so'ng endi g'alaba qozondi. Bu orada "Nasaf" va AGMK faollashdi. Sovrinli o'rinlar uchun imkoniyatni qanday baholaysiz?

- Buni mavsum oxirida bilamiz. Har bir o'yinda chiroyli o'ynashga harakat qilyapmiz. Mavsum yakunlangach hammasi malum bo'ladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика