So’nggi yangiliklar

19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:41Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср. Таркиблар маълум  31 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  3 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  1 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0 17:15U-19 чемпионати. "Пахтакор" Тошкент дербисида зафар қучиб, финалга йўл олди  2 17:07Леон Якирович: "Ўзбекистон сифатли ўйин кўрсатади, лекин натижа ўзимизга боғлиқ"  3 16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  8 16:22ФИФА пенальтидан кейинги зарбани тақиқламоқчи  5 15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  10 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  6 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  7

SHuhrat Maqsudov: "Albatta, o'yinlar soni ko'p bo'lgani yaxshi, faqat jamoalar bunga loyiq bo'lishi kerak" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Albatta, o'yinlar soni ko'p bo'lgani yaxshi, faqat jamoalar bunga loyiq bo'lishi kerak"

Coca-Coca Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Avvalo, "Bunyodkor" muxlislarini, ishchilarini va ayniqsa, futbolchilarini g'alaba bilan chin ko'ngildan tabriklayman. Yigitlarga tashakkur aytaman. "Surxon"ga keyingi o'yinlarda omad!

- Mavsum boshlanishidan oldin "Bunyodkor"ga va sizga ishonmagan odamlar talaygina edi. Hozir 5-o'rin kafolatlandi. Jamoa oxirgi turda 4-o'rin uchun ham kurash olib borishi mumkin. Mavsum boshida jamoada nominal himoyachilar yo'qligi va tarkibni o'zingiz xohlagandek shakllantira olmaganingiz haqida aytgandingiz. Jamoaning mavsum davomidagi asosiy yutug'i nimada bo'ldi?

- Eng muhimi, o'zimga ishongan edim. Bundan tashqari, yordamchilarim hamda futbolchilarga ishonardim. Ular har bir o'yinda kuchli ekanliklarini isbotlashdi. Hech kim mehnat qilishdan to'xtamadi va mana ijobiy natijalar kela boshladi. Homiylarga ham o'zim va futbolchilar nomidan minnatdorlik bildirmoqchiman.

- Autsayder jamoalar kelasi mavsumda Superligada 16 ta jamoa bo'lishi tarafdori ekanliklari haqida gap-so'zlar tarqaldi. Bunga sizning shaxsiy munosabatingiz qanday?

- Bu narsani masullar o'ylagani yaxshi. Mening vazifam – futbolchilarni o'yinga tayyorlash. Bu narsa mening vakolatimga kirmaydi. Albatta, o'yinlar soni ko'p bo'lgani yaxshi, faqat jamoalar bunga loyiq bo'lishi kerak. 3-4 turdan keyin safar o'yinlariga pul topolmasa, chempionatga ziyon keltiradi. SHu bois bu masalani chuqurroq o'ylash lozim.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика