So’nggi yangiliklar

23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  1 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  13 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0

SHota Arveladzening "Paxtakor"dagi ko'rsatkichlari qanday bo'ldi? Yangiliklar

SHota Arveladzening "Paxtakor"dagi ko'rsatkichlari qanday bo'ldi?

SHota Arveladze "Paxtakor"ni 2017 yilgi mavsum ikkinchi davrasidan boshqarishga kirishdi.

Uning boshchiligida jamoa o'yini va natijalarida o'sish kuzatildi. "Paxtakor" ko'proq gol urib, kamroq to'p o'tkazdi. Tabiiyki, ikkinchi davrada to'plangan ochkolar miqdori birinchi davradagidan yuqori bo'ldi. "SHerlar" ikkinchi davrada 25 to'p kiritib, 9 gol o'tkazib yuborishdi. Birinchi davrada bu natija 19-19ni tashkil qilgandi.

Arveladze qo'l ostida jamoa birinchi golini urish uchun 13 daqiqa sarfladi. "Qizilqum"ga qarshi Navoiydagi bellashuvda Suhrob Nurullaev darvozani ishg'ol qilgandi.

Gruziyalik mutaxassis qo'l ostida eng yirik g'alaba "Neftchi"ga qarshi o'yinda qo'lga kiritildi. O'shanda "sherlar" 6:0 hisobida zafar quchishgandi.

Ikkinchi davrada 35 ochko jamg'arildi. Birinchi davrada jamoa 24 ochko to'plagandi. Mavsumning ikkinchi yarmida "Paxtakor" 10 ochko yo'qotdi. Uydagi g'alabali seriya 11 uchrashuvga etdi va jamoa buni davom ettirish imkoniyatiga ega. 

"Paxtakor" matbuot xizmati


Eslatib o'tamiz,  "Paxtakor" klubi uchun oliy liga yakunlandi. SHu bois klub rasmiy sayti yakuniy ko'rsatkichlarni taqdim etmoqda. Qolgan klublar 30-tur o'yinlari o'tkazib bo'lganidan so'ng ular haqida ham malumotlar chop etiladi.

Reyting: -50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика