So’nggi yangiliklar

16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  1 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2

SHota Arveladze: “Liverpul” kabi yaxshi o'ynab yutqazgandan ko'ra, yomon o'ynab yutgan yaxshi” Yangiliklar

SHota Arveladze: “Liverpul” kabi yaxshi o'ynab yutqazgandan ko'ra, yomon o'ynab yutgan yaxshi”

OCHL-2019 guruh bosqichi 5-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Persepolis” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi SHota Arveladze va himoyachi Egor Krimec ishtirok etishdi.

“Oldinda bizni juda qiyin o'yin kutmoqda. Agar guruhdagi vaziyatga qarasak ham buni tushunib olish mumkin. “Persepolis” hozir to'plagan ochkodan ko'prog'iga munosib ammo bu futbol. Ular kuchli klub”, - Arveladze. 

“Ertangi o'yinda ko'p narsa hal bo'ladi. Bizga faqat g'alaba kerak qolgan barcha natija bizni qiyin ahvolga solib qo'yadi”, - deydi Krimec. 

- Ertaga raqibdan qanday o'yin kutayapsiz?
- Ular doim bir xil o'ynashadi. Ertaga ham agressiv va hujumkor o'yin kutayapman.

- “Persepolis” bu mavsum OCHLda safarda ikkala o'yinda ham yutqazib qo'ydi. Ertaga bu sizlarga qandaydir engillik beradimi? 
- Bunga qo'shilmayman. Ular safarda yomon o'ynashmayapti. Bilsangiz bitta bahsni neytral maydonda o'tkazishdi, futbolda kim ko'proq gol ursa o'sha jamoa g'olib bo'ladi.

- Jamoa tarkibida yo'qotishlar bormi? 
- Jasur Yaxshiboev jarohat olgan. Dostonbek Hamdamovda esa sariq kartochkalari soni ikkita bo'lgan.

- Qaysi omillar evaziga raqibni mag'lub etmoqchisiz? 
- Raqibdan ko'ra ko'proq gol urish evaziga.

- Ertaga natija birinchi o'rinda bo'ladi. Deylik “Paxtakor” yomon o'ynab, 1:0 hisobida g'alaba qozonsa xursand bo'lasizmi? 
- Albatta (kuladi). “Liverpul” kabi yaxshi o'ynab yutqazgandan ko'ra yomon o'ynab yutgan yaxshi.

Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика