So’nggi yangiliklar

12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  0 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  7 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2

SHota Arveladze - hakamlik, "Nasaf" va tarkibdagi muammolar haqida Yangiliklar

SHota Arveladze - hakamlik, "Nasaf" va tarkibdagi muammolar haqida

"Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida SHota Arveladze ishtirok etdi.

"Menimcha o'yinni tribunadan tomosha qilish ajoyib bo'ldi. Albatta uch ochko doim muhim. Ammo bugun ham, "Bunyodkor" bilan o'yinda ham birinchi goldan keyin negadir maydonda "dam olayapmiz". Ikkinchi taymda o'tkazib yuborilgan gol barchasini o'zgartirib yubordi. "Nasaf"ning qarshi hujumlari juda ham xavfli chiqdi.

Akromning yaxshi zarbasidan keyin muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdik.

Hakamlik? Noodatiy hech qanday holat yuz bergani yo'q. Yutgan jamoa doim mamnun.

Futbolchilarni ruhlantirish? Bu Superliga, ularni ruhlantirish shart emas. Oldinda OCHL o'yini bor. Balki yigitlar shuni o'ylashgandir.

Bugun Alijonovga dam olish imkoniyatni yaratib berdim. Kam maydonga tushayotganlarga imkoniyat berdim. Rotaciya qilish oson emas. Kozak esa markaziy himoyada o'ynamoqda, unga rahmat aytmoqchiman.

"Nasaf" hujumkor o'yin ko'rsatdi deb o'ylaymayman. Ular himoyalanishdi va qarshi hujumga o'tishdi. SHunday o'ynashlarni kutgandim. Buni ular yaxshi bajarishadi.

Simich va Azamov "Al Sadd" bilan o'yinga tayyor bo'lishadimi? Hozircha aniq bir nima deyish qiyin. Krimec o'ynamaydi? Ha shu bois markaziy himoya haqida qattiq bosh qotirayapmiz.

Muxlislarga rahmat aytaman, umid qilamanki "Al Sadd" bilan o'yinimizda bundan ham ko'proq odam bo'ladi", - deydi SHota Arveladze.


Reyting: -235   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика