So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  100 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

“SHo'rtan” rahbariyati o'z muxlislari bilan uchrashuv o'tkazdi Yangiliklar

“SHo'rtan” rahbariyati o'z muxlislari bilan uchrashuv o'tkazdi

Teglar :  SHo'rtanpro liga
Futbol bo'yicha O'zbekiston Birinchiligi PRO-Liga musobaqasi ishtirokchisi bo'lgan “SHo'rtan” PFK rahbariyati va murabbiylar guruhi yangi mavsum arafasida o'z muxlislari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Mazkur tadbir 21 yanvar sanasida jamoaning G'uzordagi qarorgohida tashkillashtirildi.

Ushbu yig'ilishning bosh mavzusi “Oq bo'rilar” jamoasining o'tgan yildagi faoliyati, yutuq va kamchiliklari, shuningdek yangi mavsum rejalari, taradudiga qaratildi. Bu borada “SHo'rtan” PFK bosh menejeri SHamil Yarulin, bosh murabbiy Asror Aliqulov hamda G'uzor “Markaziy” o'yingohi direktori Iskandar Bo'riev o'z fikrlarini bayon qilishdi. SHu bilan birga muxlislar o'z tomonidan berilgan savollarga ham batafsil javob olishdi.

O'rtaga tashlangan savollarning asosiy qismi bu barchani birdek qiziqtirgan va shu bilan birga “SHo'rtan” muxlislarini bezovta qilayotgan yangi futbolchilar transferi bilan bog'liq bo'lgan taqiq masalasi bo'ldi. “Transfer bilan bog'liq bo'lgan cheklovning tarixi ko'pchilikka malum. 2012 yilda jamoada qisqa va samarasiz faoliyat ko'rsatib ketgan legioner murabbiylar - I.Kriushenko hamda V.Varivonchiklar bilan yuzaga kelgan mojarolar hali ham davom etmoqda. Afsuski, ushbu masala bo'yicha FIFA va O'FA tomonidan klubimizga nisbatan quyilgan taqiqlar sababli tarkibimizni boshqa jamoa futbolchilari bilan kuchaytira olmasligimizdan ham to'g'ri va samarali foydalanishimiz mumkinligini shuningdek, bu o'z navbatida akademiyamizning tarbiyalanuvchilari, mahalliy futbolchilarimiz va yoshlarimiz uchun o'zlarini sinab ko'rish uchun ajoyib imkoniyatlardan biri ekanligi aytib o'tildi.



2021 yilni Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb elon qildi va bu ham bejizga emas. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.12.2019 yildagi PF-5887-sonli “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonini ijrosini taminlash uchun bizga katta imkoniyatlar yaratdi. SHu bois, yangi mavsumda tarkibimiz asosini faqat o'z Akademiyamiz tarbiyalanuvchilari hisobidan shakllantirishimiz mumkin. SHundan kelib chiqib, “SHo'rtan” jamoamiz oldiga yangi yilda PRO-Liga musobaqa jadvalining o'rta qismidan joy olish vazifasi qo'yiladi.

To'g'ri, boshlanishi oson kechmaydi. Ammo bu biz uchun katta maktab vazifasini o'tab beradi. Xabaringiz bor, ayni paytda klub Akademiyamiz o'z faoliyatini amalga oshirmoqda. Yaqin yillar ichida maqsadimiz ham aynan ushbu maskandan kamol topadigan viloyatimizning hamda mahalliy - G'uzorlik istedodli yoshlarimiz kuchiga tayanib, “SHo'rtan”ni yuksak cho'qqilarga olib chiqish.



Maqsadlarimizni klubimiz bosh homiysi hamda klub prezidenti, “SHo'rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” direktori SH.D.Jabborov ham maqullamoqda. Bu borada o'z taklif va ko'rsatmalarini berib turibdi. CHunki bu shubhasiz istiqbolli rejalar toifasiga kiradi.
O'ylaymanki, “SHo'rtan” jamoamizning muxlislari bizni tushunishadi va albatta, qo'llab-quvvatlashadi”, - dedi SH.Yarulin

Yuqoridagilarni inobatga olib, jamoa bosh murabbiyi - Asror CHorievich Aliqulov ham o'z navbatida “SHo'rtan” jamoasi uchun bu yil og'ir va mashaqqatli bo'lishini muxlislarga takidlab o'tdi. Muxlislardan o'z sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlab, stadionda o'zlarini munosib tutishlarini, futbolchi va murabbiylarni, ularning mehnatini hamda bir-birlarini hurmat qilishlarini so'rab, fikrlarini yakunladi.

Yig'ilish so'nggida, G'uzor “Markaziy” o'yingohi direktori I.Bo'riev hamda “SHo'rtan” muxlislari tomonidan yangi mavsum arafasida “Jamoat joylari, stadionlarda va ommaviy tadbirlarda o'zini tutish hamda muxlislik madaniyati kodeksiga rioya qilish” bo'yicha bayonnoma tuzildi.



“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика