So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  60 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  3 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

“SHo'rtan” PFK – chorak asrga bir qadam! Yangiliklar

“SHo'rtan” PFK – chorak asrga bir qadam!

Teglar :  SHo'rtan
Bugun, 7 noyabr kuni, “SHo'rtan” professional futbol klubi o'zining 24 yillik yoshini qarshi olmoqda.

Barchaga malumki, 1994 yilda tashkil etilgan “SHo'rtan” klubi oradan o'tgan davr mobaynida mamlakatimiz va Osiyo futbolida o'ziga yarasha iz qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
Jumladan, jamoa 2004 yili O'zbekiston birinchi ligasida eng yuqori pog'onani egalladi hamda shu munosabat bilan 2005 yili oliy ligada debyut qildi. Birinchi liga g'olibligiga “SHo'rtan” ikkinchi marotaba 2014 yili ham erishdi.

2010 yilgi mavsum jamoa uchun ancha esda qolarli tarzda kechdi. “Oq bo'rilar” mamlakat kubogi finaligacha etib kelishdi. Oliy liga musobaqasida esa o'z tarixlaridagi eng yuqori – 4-o'rinni band etishdi. Buning mevasi o'laroq, G'uzor jamoasi keyingi mavsumda xalqaro arenada o'z debyutini nishonladi. OFK kubogi-2011 turnirida “SHo'rtan” 1/8 finalgacha yurish qildi.

Klub muzeyi 2015 yili yana bir sovrin bilan boyidi – g'uzorliklar O'zPFL kubogida g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Jamoa bugungi kunda O'zbekiston Pro-ligasida to'p surayotgan bo'lishiga qaramay, “SHo'rtan”dek o'ziga xos va mos klubni yurtimiz futbol shaydolari har doimgidek baland hurmat va ehtirom bilan tilga olishadi. “SHo'rtan”ning ashaddiy ishqibozlari esa jamoani har qanday holatda ham ardoqlashadi va sevishadi.

Umid qilamizki, jamoamizning navbatdagi muvaffaqiyatlarini muxlislarimiz uzoq kutib qolishmaydi. Ular bizni muntazam ravishda qo'llab-quvvatlashmoqdami, demak, biz ham yaqin vaqt ichida ularni yuksak natijalarimiz bilan xursand qilishga majburmiz.

Qadrli va aziz muxlislarimiz, 24 yildan buyon “SHo'rtan” bilan yonma-yon, elkama-elka turib kelayotganingiz uchun Sizga chuqur MINNATDORCHILIGIMIZNI izhor qilamiz! Hamma-hammaga rahmat!

Alohida TASHAKKURNI esa jamoamiz tuzilgan ilk kundan boshlab, yani 1994 yilning 7 noyabridan beribizga yaqindan g'amxo'rlik qilib kelayotgan, klubni bir zumga ham etiborsiz qoldirmaydigan bosh homiyimiz – “SHo'rtanneftgaz” MCHJga bildirib qolamiz!

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика