Shomurodov Onuachuga etib oldi
21 fev 19:12
Yangiliklar
Shomurodov Onuachuga etib oldi
Ayni damda Turkiya Superligasining 23-turidan o'rin olgan "Alanyaspor" - "Istanbul Bashakshexir" o'yini davom etmoqda.
Uchrashuvning 44-daqiqasida mehmonlarning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov raqib jarima maydonida Abbos Fayzullaevga nisbatan qo'pollikdan so'ng belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
Shu tariqa, u Superligadagi 16-golini urib, to'purarlar poygasida peshqadam bo'lib turgan "Trabzonspor" hujumchisi Pol Onuachuga etib oldi.
Birinchi bo'limdan so'ng "Istanbul Bashakshexir" 2:0 hisobida oldinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Аланяспор кучайиб кетди.
Менимча тренер заменада адашди