So’nggi yangiliklar

00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  49 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0

SHomurodov "Mashal" akademiyasiga qanday kelib qolganini bilasizmi? Yangiliklar

SHomurodov "Mashal" akademiyasiga qanday kelib qolganini bilasizmi?

"Rostov" safida o'zining chiroyli o'yinlarini ko'rsatayotgan Eldor SHomurodov muxlislar tilidan tushmay qoldi.

Rossiyalik jurnalistlar ham SHomurodov tinmay maqtashyapti. Bu bejizga emas. Buning zamirida Eldorning katta mehnati yotibdi. Bilasiz, ruslar har kimni ham maqtayvermaydi. SHomurodov Rossiyaga borgach sabr qildi va "Rostov" asosiy tarkibiga kirish uchun bor kuchi bilan ishladi.

"Mashal" akademiyasidan chiqqan yigitchaning bir kun kelib Rossiya chempionatida to'p tepishini kim ham o'ylabdi deysiz. Albatta, o'sha yillari klubga rahbarlik qilgan Bahrom Davlatov akademiyaga juda katta etibor berib, baribir shu maskandan chiqadigan yoshlar kuchliroq klubda to'p tepishini tasavvur qilgan.



Mana endi bugungi kunda "Mashal" tarbiyalanuvchilaridan ikki nafari Eldor SHomurodov "Rostov"da, Otabek SHukurov esa "SHarja"da to'p tepyapti. Bunda shu futbolchilarni tarbiyalab voyaga etkazgan murabbiy Dilshod Andaevning hissasi katta. Dilshod Andaev 1995-96 yilda tug'ilgan futbolchilardan bir nechta yaxshi o'yinchilarni tarbiyalab berdi. Muborakda istiqomat qilayotgan murabbiy bilan telefon orqali bog'langanimizda, u kishi Eldor SHomurodov "Mashal" akademiyasiga qanday kelib qolganini aytib berdi:

- "2008 yil tayyorlov guruhlari musobaqasida qatnashish uchun Surxondaryo viloyatining Jarqo'rg'on tumaniga borgandik. O'shanda "Mashal"da selekcioner-murabbiy bo'lib ishlagan Viktor Georgevich Aleshnikov ikkita yosh bola bor, shularni bir sinab ko'rmaysanmi degandi. Men olib keling, sinab ko'ramiz dedim. Keyin bilsam, u kishi aytgan ikki futbolchi Eldor SHomurodov bilan Sardor Abduraimov ekan. O'shanda Eldor endi 13 yoshga to'lgandi".

- "Eldor "Mashal"ga kelganidan so'ng uch yilni qo'l ostimda akademiyada o'tkazdi. Qashqadaryo bolalar chempionati va ikkinchi ligada o'ynab yurdi. Keyin birinchi ligadagi farm-klubimizga o'tdi va birinchi ligada ham o'zini ko'rsata boshladi. Yaxshi o'ynab ketganidan "Mashal"ning asosiy tarkibiga jalb qilindi".



- "Yorqin o'yini sabab "Bunyodkor" etiborini tortdi va toshkentliklar safiga ko'chib o'tdi. Hozir esa "Rostov"da faoliyat olib boryapti. Eldor bolaligidan mehnatkash edi, qolaversa unda tug'ma iqtidor ham yuqori bo'lgan. SHunday futbolchi bilan o'z vaqtida birga ishlaganimdan faxrlanaman. O'ylaymanki, jahon chempionati saralash o'yinlarida Eldor SHomurodovning terma jamoamizga ko'p foydasi tegadi".

X.Xoliqov suhbatlashdi.


Reyting: +63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика