So’nggi yangiliklar

15:15Про лига. "ФарДУ" "Жайхун" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   4 14:34"Челси" ярим ҳимоячиси яна жароҳат олди  0 14:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон (Opta)  2 13:33ПСЖ Мендеш, Дуэ ва Дембеленинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 13:04"Коринтианс" Депайдан арзонроқ уйга кўчиб ўтишни сўради  1 12:36Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди  0 12:09Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди  1 11:35ФИФА "Тинчлик мукофоти"ни таъсис этди  4 11:05Футзал. Бугун терма жамоамиз Озарбайжонга қарши баҳс олиб боради  1 10:40Али Ашур: “Ўйинчиларимдан хурсандман, 0:0 ҳисобидан хурсанд эмасман”  1 10:13Аргентина терма жамоаси ЖЧ-2026 либосини тақдим этди  6 09:45"Бу ёлғон". Ламин Ямал соғлиғидаги муаммолари ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди  3 09:16Sofascore. Кечаги учрашувда "Андижон" жамоасидан ким энг катта баҳога лойиқ кўрилди?  3

Yil yakuni. SHomurodov arzonladi, Abdixoliqov qimmatladi. O'yinchilarimizning transfer narxlari sezilarli ravishda o'zgardi Yangiliklar

Yil yakuni. SHomurodov arzonladi, Abdixoliqov qimmatladi. O'yinchilarimizning transfer narxlari sezilarli ravishda o'zgardi

Transfermarkt bilan yil yakunlarini sarhisob qilamiz.

Championat.Asia 2022 yil yakunlari bo'yicha xulosa chiqarmoqda. Bugun biz bir yil davomida o'yinchilarimizning bozordagi narxlari qanday o'zgarganini o'rganamiz. Bunda bizga Transfermarkt'ning rusiyzabon hududlari bo'yicha muharriri Georgiy Lekarev yordam beradi.

Eng qimmatlashgan o'yinchilar

Bir yil davomida hammadan ham ko'proq Bobir Abdixoliqov qimmatladi. U 2021 yilning dekabrida 600 ming evro turardi, hozir esa 1 mln evro! Bobir Abdixoliqov o'ziga bo'lgan ishonchi va samarador o'yini tufayli yuqorilashga erishdi: u 2007 yildan beri Belarus chempionatida 20 tadan ortiq gol urgan ilk o'yinchiga aylandi. Bundan tashqari, Bobirga Evropa klublari, xususan, Polsha va Vengriyadan qiziqish mavjud. Abdixoliqov agar shunday samaradorlikni kuchliroq chempionatda ko'rsatganida, yuqoriroq bozor narxiga ega bo'lardi.

Ikkinchi o'rinda Jamshid Iskanderov. "Navbahor" yarim himoyachisi namanganliklar safida 33 ta o'yinda 11+7 (gol+pas) ko'rinishida natija qayd etgan holda, ajoyib mavsum o'tkazdi. U umumiy hisobda bir yil davomida o'z bozor narxiga 225 ming evro qo'shdi.


Bir yo'la uch o'yinchi 200 ming evrodan qimmatladi: Husayn Norchaev (700 dan 900 ming evroga), Husniddin Aliqulov (650 – 850) va Jamshid Boltaboev (350 – 550). Norchaev "Nasaf"da yaxshi mavsum o'tkazdi, unga Evropadan qiziqish mavjud. Bundan tashqari, Husayn atigi 20 yoshda, bu esa uning bozor narxi shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Aliqulov "Nasaf" mudofaasida etakchiga aylandi va O'zbekiston terma jamoasi asosiy tarkibida o'z o'rnini topdi. Boltaboev 9 ta uzatma (ishlab olingan penalti assist bilan tenglashtiriladi) qayd etgan holda Superliganing eng yaxshi assistentlaridan biriga aylandi.

Yana to'rt futbolchi o'z bozor narxiga 150 ming evrodan qo'shdi: Rustam Ashurmatov (700 – 850), Oybek Bozorov (600 – 750), Akmal Mozgovoy (500 - 650) va SHahboz Jo'rabekov (400 – 550). Ashurmatov Superligada o'z poziciyasining eng yaxshi o'yinchilaridan biri hisoblanadi, u 2023 yilni "Rubin" tarkibida boshlaydi. Bozorov mavsumning ilk yarmida yaxshi harakat qilgandi va yanada qimmatlashishi mumkin edi, ammo o'z muvaffaqiyatini rivojlantira olmadi. Mozgovoy Superliganing eng yaxshi tayanch yarim himoyachilari orasida top-5da, unga Evropadan qiziqish bor. Jo'rabekovga kelsak, u o'ng qanot himoyachisi uchun yaxshi natija ko'rsatdi – 36 ta o'yinda 4 ta gol va 5 ta assist. Eng qimmatlashgan o'zbekistonlik o'yinchilar o'nligini "Nijniy Novgorod" himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev yakunlab beradi. U RPLdagi dastlabki oltita turda ikkita gol va bitta assist qayd etdi, shundan so'ng esa biroz sustlashdi. Agar mavsum boshidagi samaradorlikni saqlab qolganda, katta ehtimol bilan o'z bozor narxiga ko'proq qo'shgan bo'lardi.


Eng arzonlashgan o'yinchilar

Eldor SHomurodov o'z narxidan bir yo'la 5 mln evro (12 – 7) yo'qotdi. U "Roma" safida bir yil davomida asosiy tarkib haqida gapirish uyoqda tursin, maydonga juda kam tushdi va jami uchta gol urdi. Balki u boshqa klubga o'tsa va ko'proq o'yin amaliyoti olsa, Eldorning faoliyati va bozor narxi yuqoriga ketishi mumkin.



Eng arzonlaganlar ro'yxatida ikkinchi o'rinni "Fotih Karagyumruk" xavbeki Otabek SHukurov egallab turibdi. U BAAdan Turkiyaga faoliyati yuqorilagan holda yo'l olgan bo'lsa ham, narxi bir yo'la 1,5 mln evroga quladi.

"Birinchi navbatda, "Fotih Karagyumruk"ga o'tishdagi past tovon puli tasirini o'tkazdi. Narxi bizning bahomizdan ko'ra deyarli 10 karra past bo'ldi (Transfermarkt malumotiga ko'ra 420 ming evro – tahririyat eslatmasi). Ikkinchidan, jamoaning darajasi ham o'z so'zini aytdi: "Fotih Karagyumruk" Turkiya chempionatida qolish uchun kurashadi, jamoa SHukurov bilan esa atigi bitta g'alabaga erishdi. Buning ustiga, Otabek jamoaning boshqa etakchilaridan biroz qimmatroq edi, shu sababi biz uni shunchaki boshqalar bilan tenglashtirdik. Masalan, xuddi shunday holat Matteo Richchi bilan ham bo'ldi", – deb tushuntirdi Transfermarkt'ning rusiyzabon hududlari bo'yicha muharriri.



Jaloliddin Masharipov (2,8 – 2,5) va Igor Sergeev (1,7 – 1,4) 300 ming evrodan yo'qotdi. Masharipov deyarli yarim yilni jarohat sabab o'tkazib yubordi, Sergeevda esa biroz samaradorlik pasaydi. Bundan tashqari, Jaloliddin ham, Igor ham 2023 yilda 30 yoshni qarshi oladi – o'yinchilar bu yoshda ko'pincha bozor narxini yo'qotishni boshlashadi.

Uch o'yinchi 100 ming evrodan arzonladi: Temurxo'ja Abduxoliqov (750 – 650), Dostonbek Tursunov (700 – 600) va Farruh Sayfiev (700 – 600). Abduxoliqov va Sayfievning holatida asosiy sabab ularning yoshi (ikkisi ham 31 da) bo'ldi. Tursunov 2022 yilgi mavsum jarohatdan so'ng tiklangani sabab umumiy sakkizta o'yinda ishtirok etdi. Dostonbek Hamdamov (900 – 850) va Hojiakbar Alijonov (800 - 750) o'z narxlaridan 50 mingdan yo'qotishdi. Bu ularga bo'lgan bozor talabi pasaygani bilan bog'liq. 


Nikolay Egorichev 

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика