So’nggi yangiliklar

09:55Хави МЮни бошқаришга рози  0 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  7 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  14 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  7 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  37 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  23 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  5

SHohruh Gadoev Janubiy Koreya chempionatida paydo bo'lishi mumkin Yangiliklar

SHohruh Gadoev Janubiy Koreya chempionatida paydo bo'lishi mumkin

Teglar :  SHohruh GadoevNasaf
Qarshining "Nasaf" jamoasi vingeri SHohruh Gadoev faoliyatini xorijda davom ettirishga yaqin turibdi.


Kuni kecha "Nasaf" lagerini tark etgan SHohruh Gadoev faoliyatini qaysi chempionatda davom ettirishi jumboqligicha qolmoqda.

Malumot o'rnida shuni qayd etish joizki, SHohruh Gadoev "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev bilan o'rtadagi munosabatlari yomonlashgani bois, jamoadan ketish haqida o'ylab yurgandi. Gadoevga Bahrayn klubi va Toshkentning ikki jamoasi "Bunyodkor" hamda "Lokomotiv"dan jiddiy qiziqish bo'layotgandi. SHohruh Gadoev ushbu variantlar ichidan birini tanlashga qiynalayotgan edi. Olingan so'nggi malumotlarga ko'ra, iqtidorli vinger SHohruh Gadoevga Janubiy Koreya chempionati vakilidan ham taklif tushgan.


Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum starti oldidan "Bunyodkor" klubi "Nasaf"ga SHohruh Gadoev borasida rasmiy taklif bilan chiqishgandi. Biroq "ajdarlar" o'shanda "qaldirg'ochlar"ning taklifiga rad javobini berishgandi. O'tgan yilgi "Nasaf" - "Paxtakor" (0:1) o'yinidan so'ng "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev SHohruh Gadoevni keskin tanqid qilib, jamoadan ketishiga qarshi emasligini bildirgandi va shogirdini o'yinini umuman talabga javob bermasligini aytgandi.


Ayni paytda futbolchi qaerga yo'l olgani ochiqligicha qolmoqda. Katta ehtimol bilan SHohruh Gadoev xorijga ketgani taxmin qilinmoqda.

Futbolchini oldida xorijdan yana bir qator takliflar mavjud. SHohruh Gadoev Bahrayn yoki Janubiy Koreya klublaridan birini taklifini qabul qilgan bo'lishi mumkin.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика