So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  101 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

SHohboz Umarov: "Jamoada meni yaxshi kutib olishdi" Yangiliklar

SHohboz Umarov: "Jamoada meni yaxshi kutib olishdi"

BATE safiga borib qo'shilgan SHoxboz Umarov "Isloch" (4:3) jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Xabar berganimizdek, 21 yoshli hamyurtimiz mazkur bahsda penalti ishladi va jarima zarbasidan ajoyib gol urdi.

— O'yinni kuzatgan barchaga rahmat. Bu men uchun BATE tarkibidagi 1-o'yin edi. SHu tufayli murabbiylarga o'zimni ko'rsatishga harakat qildim. O'ylaymanki, buning uddasidan chiqdim.

— Jamoa tarkibiga ajoyib jismoniy holatda etib keldingiz. Ovqatlanishni yoqtirmaysizmi yoki mashg'ulotlarni yoqtirasizmi?

— Albatta, ovqat eyishni yoqtiraman, ammo sport bilan shug'ullanish ko'proq yoqadi. Bugungi poziciyada o'ynash men uchun qulay, bolaligimdan shu ampluada harakatlanganman. "Energetik"da meni o'ngroqda o'ynatishdi, lekin chap tomonda o'zimni yaxshiroq his qilaman.

— Jamoadagi yigitlar qanday ekan?

— Zo'r, meni yaxshi kutib olishdi. "Bitta oila", desam ham bo'ladi.

— Vitaliy Jukovskiy haqida fikrlaringiz...

— Juda yaxshi murabbiy. U hamma bilan yolg'iz suhbatlashadi… Maqtashni ham, tanbehni ham o'z o'rniga qo'yadi.

— Doim tabassum qilib, ko'tarinki kayfiyatda yurasiz...

— Bazan asabiyman, bazan kulaman. Kayfiyatga bog'liq, — deydi Umarov.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumni "Energetik-BGU" tarkibida o'tkazgan SHohboz 4 gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика