SHmeyxel quruq seriya bo'yicha otasining natijasini yaxshiladi
17 iyu 2018 09:38
Yangiliklar
SHmeyxel quruq seriya bo'yicha otasining natijasini yaxshiladi
Xabaringiz bor, kecha Daniya terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqich ilk uchrashuvida Peruni mag'lub (1:0) etgandi.
Saranskdagi “Mordoviya Arena”da bo'lib o'tgan o'yinda daniyaliklar posboni Kasper SHmeyxel o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Xatto darvozasi tomon belgilangan penalti ham golga aylanmadi. Kasper o'yin davomida aniq yo'llangan 6ta zarbaning barchasini bartaraf eta oldi.
Etiborlisi, SHmeyxel terma jamoasi ishtirokidagi ketma-ket 5ta o'yinda o'z darvozasidan gol o'tkazmadi. Bu bilan u otasi afsonaviy darvozabon Piter SHmeyxelning rekordini yangiladi. Piterda quruq seriya 4ta o'yindan iborat edi.
SHuningdek, kichik SHmeyxel 534 daqiqa davomida darvozasi daxlsizligini saqlash orqali milliy rekordni ham yangiladi. Avvalgi rekord ham aynan uning otasiga tegishli bo'lib, 470 daqiqani tashkil qilgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar