SHmeyxel: "Neymar foydali ish qilmayapti"
28 iyu 2018 16:10
Yangiliklar
SHmeyxel: "Neymar foydali ish qilmayapti"
Daniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Peter SHmeyxel Serbiyaga qarshi bahsdagi Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar o'yiniga baho berdi.
O'yin 2:0 hisobida braziliyaliklar g'alabasi bilan yakunlandi.
"Braziliyada Neymar bilan muammo bor. U hali ham o'z fintlari bilan muxlislarni hayron qoldirmoqchi, biroq kecha u bir nechta vaziyatni qo'ldan chiqardi. Braziliyalik futbolchilar to'pni Neymarga bersa o'yin hal bo'ladi deb o'ylashmoqda. Ular haqiqaqtdan ham Neymarni to'p bilan taminlashyapi, biroq forvard foydali ish qilmayapti. Unga kichik tatil kerak deb o'ylayman, menimcha, Neymar jarohatidan to'liq qutilgani yo'q va o'ziing odatiy yuqori saviyasiga chiqmadi. Menga futbolchining yiqilishlariga etibor bermagan hakamning ishi yoqdi" - deydi SHmeyxel.
Fikrlar