SHimoliy London derbisi temiryo'l xodimlari tufayli qoldirilishi mumkin
16 sen 2022 20:46
Yangiliklar
SHimoliy London derbisi temiryo'l xodimlari tufayli qoldirilishi mumkin
"Arsenal" va "Tottenxem" o'rtasidagi SHimoliy London derbisi boshqa muddatga ko'chirilishi mumkin.
Bunga sabab sifatida temiryo'l xodimlarining ish tashlashi ko'rsatilmoqda. Qayd etilishicha, Londondagi barcha 12 ta temiryo'l kompaniyasi ish haqi bo'yicha uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan kelishmovchiliklar tufayli 1 oktyabr kuni navbatdagi ish tashlashni rejalashtirmoqda.
Aynan shu kuni "Arsenal" o'z maydonida "Tottenxem"ni qabul qilishi kerak. O'yin o'z vaqtida o'tkazilgan taqdirda ham tartibsizliklar yuzaga kelishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, avvalroq temiryo'lchilarning rejalashtirilgan ish tashlashi tufayli "Brayton" – "Kristal Pelas" uchrashuvi ham boshqa kunga ko'chirilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar