So’nggi yangiliklar

19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  1 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  9 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 18:00Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз уйида Словенияни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Аргентинага қарши иккинчи ўйинни ўтказмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  4 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  1 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  0 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  2 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  3

SHimoliy irlandiyalik maktab o'quvchisi va "yangi Pele". Ligalar tarixidagi eng yosh o'yinchilar Yangiliklar

SHimoliy irlandiyalik maktab o'quvchisi va "yangi Pele". Ligalar tarixidagi eng yosh o'yinchilar

Siz katta ehtimol bilan SHimoliy Irlandiyaning ichki musobaqalarini kuzatmaysiz.

U erda rekord o'rnatildi. Uning muallifi maktab o'quvchisi Kristofer Eterton. U "kattalar" kubogi yoki chempionatida rasmiy o'yinda ishtirok etgan eng yosh o'yinchiga aylandi.


Eterton 13 yosh va 329 kunligida "Glenavon" safida "Lurgan Blyuz"ga qarshi SHimoliy Irlandiya liga kubogi doirasida zaxiradan o'yinga qo'shildi. Uning jamoasi 6:0 hisobida g'alaba qozondi, Eterton esa assist qayd etdi va oltinchi golga mualliflik qildi.


Eterton bunga qadar to'rtta o'n yillikda Imon Kollinz tomonidan saqlab qolinayotgan britan rekordini yangiladi. U "Blekpul" safida 1980 yilda 14 yosh va 323 kunligida debyut qilgan. U Etertondan deyarli bir yilga kattaroq edi. Kollinz o'shanda yoshlar jamoasida o'ynagan, ammo uni hozirda mavjud bo'lmagan Anglo-shotland kubogidagi kattalar o'yiniga taklif etishgandi. Ular "Kilmarnok" bilan ushbu musobaqaning chorak final o'yinida harakat qilishgan. Bu o'yin uning klubdagi faoliyatida yagona bo'lgan. Etertonning faoliyati muvaffaqiyatliroq bo'lishiga umid qilamiz. Endi esa turli ligalardagi eng yosh rekordchilar haqida gaplashamiz.


Angliya Premer-ligasi: Xarvi Elliott (16 yosh va 30 kun)


Elliott "Fulxem" tarkibida "Vulverxempton"ga qarshi 2019 yilning 4 mayida o'tgan Premer-liga doirasidagi o'yinda debyut qilganida 16 yosh edi. Ammo, bu uning jamoadagi debyut o'yini emasdi. U 2018 yilning sentyabrida Liga kubogida 15 yosh va 174 kunligida maydonga chiqqan. KPR tarbiyalanuvchisi 2019 yilning yozida "Liverpul"ga o'tdi. U yaqinda shartnomasini uzaytirganidan so'ng Premer-ligadagi ilk golini urdi — "Bornmut" (9:0)ga qarshi avgust oyi so'nggidagi bahsda ishtirok etdi.


Qiziqarlisi, Angliya ayollar Superligasidagi rekord ham erkaklarniki bilan bir xil — 16 yosh va 30 kun. Uni "CHelsi" himoyachisi Ris Jeymsning singlisi Loren Jeyms o'rnatgan. U "Arsenal"da hujumchi poziciyasida o'ynagan.



Ispaniya La Ligasi: Luka Romero (15 yosh va 219 kun)


Romero 1939 yildan beri saqlanib kelayotgan rekordni yangilagan. U "Malorka" tarkibida "Real"ga qarshi o'yinning 83-daqiqasida zaxiradan tushirilgan. Bu 2020 yilda bo'lgan edi. Bundan oldingi rekordchi "Selta" himoyachisi Sanson bo'lgan. U klub safida Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan bir necha oy o'tib 15 yosh va 255 kunligida debyut qilgan. 17 yoshgan kirgan Romero esa hozirda "Lacio"da o'ynamoqda.



Germaniya Bundesligasi: Yussufa Mukoko (16 yosh va 1 kun)


Hujumchi Dortmundning "Borussiya" jamoasida Bundesligada 16 yoshga kirganidan ertasi kuni debyut qilgan. Bu 2020/21 yilgi mavsumda sodir bo'lgandi, o'shanda Nemis futbol ittifoqi rahbariyati yosh cheklovi bo'yicha o'zgartirish kiritgan edi. Mukokoni "Gerta" (5:2)ga qarshi o'yinning so'nggida Erling Xolandning o'rniga tushirishgan.


Qayd etish kerakki, oldingi rekord ham 16 yosh va 334 kunligida debyut qilgan Dortmundning "Borussiya" jamoasi o'yinchisi Nuri SHaxinga tegishli edi. Mukoko haligacha "Borussiya"da o'ynamoqda, u yoshlar darajasida barcha ehtimoliy to'purarlik rekordlarini yangilagan. Endi uni kattalar futbolida kuzatamiz. Unga "Real" ham qiziqish bildirgani bejiz emas.



Italiya A Seriyasi: Visdom Amey (15 yosh va 274 kun)


Amey 2020/21 yilgi mavsum "Bolonya" safida "Jenoa"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi. Ammo, u jamoasi 0:2 hisobida yutqazayotganda, 89-daqiqada zaxiradan tushirildi. O'ng qanot himoyachi nimanidir o'zgartira olmadi, ammo A Seriya tarixiga eng yosh futbolchi sifatida kirdi. U Lionel Messi La Ligadagi ilk titulini qo'lgan kiritganidan uch oy o'tib tug'ilgan. Davrlarni taqqoslash uchun. Amey hali ham "Bolonya"da.



Franciya Liga 1'i: Kalman Gerenseri (15 yosh va 225 kun)


Ko'rinishidan, Franciyada eng yorqin va eng yangi rekordlar bo'lishi kerak, chunki bu erda ko'plab yosh istedodlar etishib chiqadi. Ehtimol o'rtacha yoshda shundaydir. Ammo, bu erda eng yaxshi rekord boshqalarga qaraganda "kattaroq". "Lens" yarim himoyachisi Gerenseri "Monako"ga qarshi 1960 yilning avgustida debyut qilgan. Haligacha uning rekordiga "tegilmadi". Taqqoslash uchun, hatto uning fonida 2015 yilning dekabrida "Monako" safida 16 yosh va 347 kunligida debyut qilgan Kilian Mbappe ham "qariroq" ko'rinadi.


Evropa Ligasi: Villem Jebbel (16 yosh va 113 kun)


Jebbel Evropa Ligasida o'yinlarida harakat qilgan XXI asrda tug'ilgan ilk o'yinchi bo'lgan. U "Lion" tarkibida 2017 yilning dekabrida "Atalanta"ga qarshi o'yinda ko'rinish berdi. Uning Evropa Ligasining eng yosh o'yinchisi bo'lgani borasidagi rekord hali ham amalda.



CHempionlar ligasi: Yussufa Mukoko (16 yosh va 18 kun)


Mukoko Bundesliganing eng yosh o'yinchisi bo'lganidan 17 kun o'tib CHempionlar Ligasining rekordini ham yangiladi. Aytgancha, bu "Zenit" (2:1)ga qarshi CHL doirasidagi o'yinda sodir bo'lgan edi. U 58-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan.





Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика