So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  7 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  59 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

SHevchenko “Andijon”da rasman ish boshladi Yangiliklar

SHevchenko “Andijon”da rasman ish boshladi

Kutilganidek Sergey SHevchenko “Andijon”da ish boshladi. Kecha jamoaning kechki mashg'ulotini kuzatish maqsadida Andijon shahridagi “Sog'lom Avlod” stadioniga borib, yangiliklar bilan yaqindan tanishishga urindik.
Soat 18:15da boshlangan mashg'ulot yangi bosh murabbiy boshchiligida o'tdi. Bungacha jamoa mashg'ulotini sirtdan kuzatgan ukrainalik murabbiy nihoyat dushanba kundan ishga kirishdi. Aytish kerakki, jamoaning ashaddiy muxlislari Sergey SHevchenkoning mashg'ulotlarini sog'inib qolishgan shekilli, shu kuni bir talay muxlislar stadionga kelib bevosita kuzatdi.

Yangi murabbiyning birinchi kungi mashg'uloti shaxsan bizda iliq taassurot qoldirdi. Taktik va jismoniy tayyorgarlik borasida futbolchilarga kerakli yuklamalarni bergan SHevchenko futbolchilarni ikki tarkibga ajratgan xolda, vaqti-vaqti bilan ularning har biri bilan alohida ishladi. Mashg'ulotlar jarayonida bosh murabbiyga Orif Mamatkazin va Qobuljon Olimjonov yordam berdi.

Birinchi davradan so'ng 4 ochko jamg'arib, turnir jadvalining so'nggi pog'onasidan o'rin egallab turgan “Andijon”ni qanday bo'lmasin kuchlilar safida olib qolish uchun bir qator o'zgarishlar qilinayotganini ko'rish mumkin. Juda qiyin bo'lgan ish. Lekin uddalasa bo'ladi. Har xolda SHevchenko buning uchun astoydil ishga kirishganini ko'rish mumkin.

Dushanba kungi mashg'ulotlarda jami 23 nafar futbolchi shug'ullandi. Ayni paytda tarkibda yuz berayotgan o'zgarishlar muxlislarning diqqat markazida turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi. SHu bois bu borada qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsak, birinchi davrada “burgutlar” sharafini himoya qilgan Sergey Docenko, Aleksey Kasyan, Javlon Mirabdullaev, Alisher Azizov, SHahzod SHaymanov hamda Kamron Kapadze shu kuni mashg'ulotlarda ko'rinishi bermadi. Aftidan bu o'yinchilar bilan jamoa xayrlashgan ko'rinadi.

“Andijon” tarkibiga yangi kelib qo'shilganlardan esa Lochin Dolimov, Bahrom Yuldashev (“Xotira-79”), Ayubxon Gapparov (“CHust-Paxtakor”) Iqbol Akramov (“Olmaliq”), Aziz Alijonov (“Neftchi”), Sardor Soibov (“Metallurg”) kabi futbolchilarni uchratdik. Hozircha bu futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda. Agarda ularning hatti-harakatlari murabbiga maqul kelsa, jamoada olib qolinadi.

Aytishlaricha bu bilan selekciya jarayoni to'xtab qolmaydi va yaqin kunlar davomida yana bir qator taniqli nomlar yig'inga kelib qo'shiladi.

Darvoqe, og'ir jarohat sabab bir necha yil maydon tashqarisida yurgan tajribali futbolchi SHuhrat Mirxoldirshaev asosiy guruh bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etayotganini ham aytib o'tish lozim.

Andijonliklar ertaga, 16 iyul kuni birinchi liga vakili “UzDongJu” bilan sinov-nazorat bahsini o'tkazishni rejalashtirgan. Bu haqda ertaga aniq mulumot berib o'tamiz.

Islombek RUSTAMBEKOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика