So’nggi yangiliklar

17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  4 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  3 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  11 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  5 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  8 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   245 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  12 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  5 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  22 12:12Насри "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "Мен бу ерда 11 метрлик жарима тўпини кўрмаяпман. Агар ҳакам Карвахалнинг қизил карточкасини қоплаш учун буни берган бўлса, унда қизил карточка кўрсатишнинг кераги йўқ эди"  14

SHerzod Sattorov: "Superligada o'ynashni kim ham xohlamaydi deysiz?" Yangiliklar

SHerzod Sattorov: "Superligada o'ynashni kim ham xohlamaydi deysiz?"

PRO-Liga 11-turidan o'rin olgan “Yozyovon”- “G'ijduvon” (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi SHerzod Sattorov o'z fikr va mulohazalarini bildirdi.

- Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Uchrashuv haqida nima deyish mumkin, uchrashuv og'ir kechishini bilar edik. Birinchidan uzoq yo'l bosib kelganligimiz tufayli bugungi o'yinda futbolchilarimizda horg'inlik kayfiyati sezildi. Ikkinchidan, o'yinni yomon boshlamadik, bizda golga tortadigan vaziyatlar bor edi. Lekin bugun raqiblarimizga omad kulib boqdi. Biz imkoniyatlardan foydalana olmadik, ular esa foydalanishdi. Lekin bizda yaxshi imkoniyatlar bor edi. Xechqisi yo'q, biz keyingi uchrashuvlarga yanada jiddiyroq harakat qilamiz.      

- G'ijduvon jamoasi oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?

- Bizning jamoasni maqsadi – tumanimizda futbolni yanada rivojlantirish, klub infratuzilmasini yanada yaxshilash, yoshlarni kelajakda mahoratli futbolchi sifatida shakllanishlariga ko'maklashish, klubimiz bazasini yanada yaxshilash kabilardan iborat. Bizing klub bazasi bu maydondan yaxshiroq, maydon sifati yaxshi, umuman aytganda hamma sharoit bor. Yaratilib berilgan sharoitlar uchun tumanimiz hamda klubimiz rahbarlariga minnatdorchilik bildiraman.
Klubimiz hohlaydi, barchamiz hohlaymiz Superligada o'ynashni. Kim ham hohlamaydi deysiz? Biz harakat qilamiz kelajakda jamoamizni yuksak darajaga olib chiqishni. Biz reja qilyapmiz, ikkinchi davrada tarkibimizga yanada kuchliroq futbolchilarni jalb etib, jamoamizni yanada kuchaytirmoqchimiz.          

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика