So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

SHerzod Hakimov: “G'alabalar vaqti keldi” Yangiliklar

SHerzod Hakimov: “G'alabalar vaqti keldi”

“Neftchi” jamoasining O'zbekiston Kubogida muvaffaqiyatli odimlashida jamoa sardori SHerzod Hakimov tomonidan kiritilgan gollar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Aynan “Navbahor” to'sig'idan o'tish jarayonida SHerzodning Farg'ona va Namanganda urgan gollari ikki o'yin natijasiga ko'ra chorak final chiptasini “Neftchi”ga taqdim etdi. Ayni paytda “Dinamo” jamoasiga qarshi bellashuvga hozirlik ko'rayotgan SHerzod Hakimov “Neftchi” rasmiy sayti uchun intervyu berib o'tdi.

– Jamoamiz yangi bosh murabbiy Vadim Abramov qo'l ostida keyingi o'yinga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Vadim Karlenovichni qanday saviyadagi murabbiy ekanligini barcha yaxshi biladi. Ushbu mutaxassis bilan yuqori natijalar sari olg'a bormoqchimiz. Bu borada muxlislarning daldasi muhim ahamiyat kasb etadi.  Kubok doirasida keyingi bosqichga chiqdik va bu boradagi imkoniyatlarimiz yomon emas. Nasib qilsa, nafaqat chempionat, balki kubok o'yinlarida ham yaxshi natijalar qayd etishni niyat qilganmiz. Men har bir o'yinda raqib darvozasini ishg'ol etish uchun maydonga chiqaman. Bu mening vazifam. “Dinamo”ga qarshi o'yin yaqinlashmoqda. Ushbu raqobatda bizni faqat muvaffaqiyat qoniqtiradi.  Bu orqali “Neftchi”ning jonkuyar muxlislarini xursand etishni istaymiz. G'alabalar vaqti keldi, – dedi Hakimov.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика