So’nggi yangiliklar

17:05"Милан" Левандовски билан шартнома имзоламоқчи  0 17:00Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди  15 16:36"Хоразм" — "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  1 16:05"Капаз" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 15:54Про лига. "Локомотив" Суперлигага қайтди, "Арал" плей-оффда ўйнайди  7 15:23"Қўқон-1912" - "Пахтакор" ўйинида 33 йиллик натижа такрорланди  0 14:43Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон Япония ва Жанубий Корея сингари ривожланиб бораётган кучли жамоа ҳисобланади"  0 14:28U-17 ЖЧ. Ўзбекистоннинг Ирландияга мағлубиятган учраган ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  13 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  1 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  2 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  85 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3

SHerzod Esanov: "Xudoga shukrki, debyut o'yinim g'alaba bilan boshlandi" Yangiliklar

SHerzod Esanov: "Xudoga shukrki, debyut o'yinim g'alaba bilan boshlandi"

"Andijon" Superliganing 4-turida Toshkentdagi "Jar" stadionida "Olimpik"ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, muxlislarini quvontirdi.

Mazkur bellashuvda Osiyo chempioni SHerzod Esanov ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushdi va o'yinga juda yaxshi kirishib ketdi. 

Uchrashuvdan so'ng Esanov "Olimpik" klubiga qarshi o'yin va qo'lga kiritilgan Osiyo chempionligi xususida gapirdi. 

- "Olimpik" klubiga qarshi bahsda Superligada debyutingizni o'tkazdingiz va g'alaba nimaning evaziga qo'lga kiritildi, deb o'ylaysiz?

-  Avvalambor, qo'lga kiritilgan g'alaba bilan "Andijon" muxlislarini tabriklayman. Xudoga shukrki, debyut o'yinim g'alaba bilan boshlandi. Biz g'alabamizni to'g'ri tanlangan taktika evaziga qo'lga kiritdik.

- Yaqinda Osiyo chempionligini qo'lga kiritdingiz. SHundan so'ng hayotingizda nima o'zgarganini his qildingiz?

- Asosiy maqsadlarimdan biri amalga oshdi, Xudoga shukr. Qolaversa, ushbu muvaffaqiyatdan keyin o'zimga bo'lgan ishonch yanada ortdi.

- Siz uchun eng qiyin va murakkab uchrashuv qaysi bo'ldi?

- Biz uchun eng qiyini bu Avstraliyaga karshi o'yin bo'ldi, chunki bu o'yin Jahon chempionati yo'llanmasi uchun edi.

- Klubga qaytganingizda sizni ko'tarinkilik bilan kutib oldilar. Aytish kerakki, yil boshidan beri "Andijon"ga endi qo'shildingiz va qanday o'zgarishlarni his qildingiz?

- Ha, klubda meni juda iliq kutib olishdi. Jamoamiz ahil va inoq.

- Osiyo chempionligi qo'lga kiritilgani uchun sovg'a qilingan mashinani o'zingiz haydayapsizmi yoki...

-  Yo'q, sovg'a qilingan mashinani otamga berdim.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика