So’nggi yangiliklar

20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  2 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  7 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  21 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  7

SHeringem: "Keyn - Angliya terma jamoasida jahon darajasidagi yagona o'yinchi" Yangiliklar

SHeringem: "Keyn - Angliya terma jamoasida jahon darajasidagi yagona o'yinchi"

"Tottenxem" va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Teddi SHeringem "shporlar"ning ayni paytdagi etakchisi Xarri Keynning darajasini yuqori baholadi.

Uning fikricha, Keyn - Angliya terma jamoasida jahon darajasidagi yagona o'yinchi.

"Xarri yuqori darajani ko'rsatishda davom etmoqda, bu etarli darajada qiyin. Agar klub uni sotishga qaror qilsa, Keyn o'zi uchun qulay joyga borishi va istalgan jamoada o'ynab ketishi mumkin. Lekin, "Tottenxem" shunchaki uni saqlab qolishi shart. Londonliklar Keyn qolishi uchun bu mavsum nimadir yutishlari kerak. Uni baxtli qilish, unga ko'proq pul taklif qilish kerak. Yani, Xarri boshqa top futbolchilar bilan bir darajada bo'lishi kerak.

Agar siz Jahon chempionatini yutishni istasangiz tarkibingizda kamida 2 yoki 3 nafar jahon darajasidagi o'yinchi bo'lishi kerak. Angliyada esa faqat - Keyn.


Angliya terma jamoasi Rossiyadagi Jahon chempionatiga tayyor bo'ladimi? To'g'risini aytsam, yo'q. Agar siz Jahon chempionatini yutishni istasangiz tarkibingizda kamida 2 yoki 3 nafar jahon darajasidagi o'yinchi bo'lishi kerak. Angliyada esa faqat - Keyn. Ha, bir qator yaxshi futbolchilar bor. Lekin, ulardan ayrimlari hatto o'z klublarida ham asosiy tarkibga kira olmayaptilar. Bu ingliz futboli uchun qo'rqinchli. Bizni juda og'ir yoz kutmoqda. Biz uchun JCH-2018dagi o'yinlarni yutish juda qiyin bo'ladi", - dedi SHeringem.


Inglizlarning mundialdagi raqiblari Belgiya, Panama va Tunis bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика