So’nggi yangiliklar

01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   11

SHerali Babakulov: "Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik" Yangiliklar

SHerali Babakulov: "Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik"

Ayollar Oliy ligasining 20-turida peshqadam “So'g'diyona-W” o'z maydonida “Metallurg-W” (2:1) qabul qildi.

Uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHerali Babakulov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yindan olgan taassurotlari xususida


"O'yinni juda yaxshi boshladik, tezkor gol bilan hisobda oldinga chiqib oldik. Umuman olganda, butun bahs davomida o'yinni nazorat qilib bordik. Hisob yanada yirik bo'lishi ham mumkin edi. Yaratilgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik.

G'alabani saqlash qolish haqida

"Hisob 2:0 bo'lib turgan vaqtda zaxirada qolib ketayotgan qizlarimizni maydonga tushirdik. CHunki barchaga imkoniyat taqdim qilishimiz lozim edi. Tarkibda o'zgarishlar bo'lganidan keyin mehmonlar oradagi farqni qisqartirdi. SHu vaqtda g'alabani saqlab qolishga urindik.

Jamoa o'yinida yuzaga kelgan kamchiliklar borasida

"O'yin davomida kamchiliklar kuzatildi. Birinchi navbatda yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Bu borada mashg'ulotlarda ishlab, xatolarni kamaytirishga etibor qaratamiz. Aslida jamoamiz qizlari gollar urishi juda yaxshi biladi. "Metallurg-W"ga qarshi bahsda 99-gollarni urdik.

Avvalgi turda "Bunyodkor-W" mag'lubiyatga uchraganimiz ham ruhiy tomondan o'z tasirini o'tkazdi. Keyingi o'yinlarda bu kabi xato va kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика