So’nggi yangiliklar

13:28Эрон клублари ОКМК етакчисига қизиқмоқда  0 13:00Расул Йўлдошев: "Жамоамиз тушкун кайфиятга тушганди, буни енгиш учун ғалаба зарур эди"  0 12:46"Қўқон-1912" "Сурхон" устидан ишончли ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  1 11:54Диогу Жотанинг беваси ва ота-онаси "Вулверхэмптон" ўйинида бўлди. Мухлислар марҳум футболчини ёд олди  4 11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  2 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  3 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  5 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  13 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11

SHerali Babakulov: “Tarixni yangilashga tayyormiz” Yangiliklar

SHerali Babakulov: “Tarixni yangilashga tayyormiz”

Teglar :  SHerali Babakulov
Xabaringiz bor, ertaga ayollar o'rtasida O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda “Sevinch” jamoasi hamda o'z tarixida ilk marta “So'g'diyona-W” finalda bahs olib boradi. Jizzax futboli tarixida ilk bor viloyat jamoasi finalgacha etib bordi. Bu esa futbol mutaxassislari, keng jamoatchilik hamda jizzaxlik muxlislarni xursand qildi.  Ertaga muhim bahs va tarixiy uchrashuv. Ushbu o'yindan oldin “So'g'diyona-W” bosh murabbiyi SHerali Babakulov hamda “So'g'diyona-W” futbolchi qizlari Lidiya Cema va Aziza Norboevaning ning fikrlari bilan qiziqdik.



- Kuni kecha Jizzaxda so'nggi mashg'ulotimizni o'tkazdik. “So'g'diyona” akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Final bahsiga barcha futbolchi qizlar tayyor. Muhimi xech qanday jarohat yo'q. Futbolchilar  ruxan va jismonan tayyor. SHogirdlarimning ko'zi yonib turibdi. Kimdir oldindan “Sevinch”ga kubokni topshirgan bo'lsa bu xato. Biz jangga tayyormiz va kubok uchun kurashamiz. Faoliyatim davomida men uchun bu 4 final. “Sevinch” ga qarshi qanday o'yin olib borish kerakligini juda yaxshi  bilanaman. Finalgacha o'yinlarini ko'rib chiqdik va yutuq kamchiliklarga diqqatimizni qaratdik. Biz chempioatda kuchli jamoalarga qarshi teng o'yinlarni olib bordik. Biz haqli ravishda finalga chiqdik. Tarixni yangilashga tayyormiz va bu uchun kurashamiz.

SHu fursatdan foydalanib, jizzaxlik muxlislardan ertaga “OKMK” stadionida bizni qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolamiz. Bundan muhim bahsda muxlislarning qo'llab-quvvatlashi biz uchun zarur. Bizga ishoning va biz qo'ldan kelgancha sizlani xursand qilishga harakat qilamiz - deydi SHerali Babakulov.



- Jamoamiz juda yosh va ilk debyut mavsumda juda katta xajmdagi ishni amalga oshirdik. Jamoada yosh futbolchi qizlar ko'p va ular ham shu finalga chiqishimizga o'z hissalarini qo'shdi. Murabbiyimizni barcha ko'rsatmalarini bajardik. Finalga chiqish biz chun tarix. Hammamiz ham hayajonli holatdamiz. O'z oldimizga jiddiy maqsad qo'ydik. G'alaba qozonishni juda xoxlaymiz. Jamoadoshlarimga maydonda bir oila bo'lib, Jizzax viloyati tarixida yangi sahifa boshlaylik va  ushbu  yilda oruzimizni amalga oshirishni tilagan bo'lar edim - deydi “So'g'diyona-W” futbolchisi Lidiya Cema.




- Finalga chiqishga qadar uzoq yo'l bosdik. To'g'ri ko'pchilik oson raqiblarga qarshi bahs olib borishdi dedi ammo ularga qarshi kurash ham oson bo'lmadi. Har bir o'yinda murabbiyimiz ko'rsatmalarini to'g'ri bajarishga harakat qildik. “Sevinch” dan kam joyimiz yo'q. Qo'limidan kelagcha Jizzax viloyati shani ,raxbariyatimizni ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Ayollar futbol jamoasini tarixga kiritishga imkonimiz boricha harakat qilamiz - deydi Aziza Norboeva.
 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика