So’nggi yangiliklar

09:38Роналду кечаги учрашувдан сўнг қисқа фикр билдирди  0 09:10Келаси мавсум Суперлига икки жамоасининг фарм клуби Пролигада иштирок этиши мумкин  0 08:42"Бухоро" директори ўз лавозимида қолади  2 08:19"Сурхон" уч нафар футболчи билан хайрлашди  3 03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  34 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  4 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  4 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  0 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  0 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  5 21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  16 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  2

SHavkat Saidov: “Turk klublari kabi o'yinlar tahlili va statistika bo'yicha bir nechta platformadan foydalanishni yo'lga qo'yishimiz kerak” Yangiliklar

SHavkat Saidov: “Turk klublari kabi o'yinlar tahlili va statistika bo'yicha bir nechta platformadan foydalanishni yo'lga qo'yishimiz kerak”

Teglar :  "Metallurg"
7-11 dekabr kunlari Turkiyada o'zbek futboli mutaxassislari uchun o'quv-seminari o'tkazildi.

O'zPFL va Turkiya Klublar birligi hamkorlikda tashkil qilgan seminar doirasida 20 nafar o'zbek klublari vakillari turk futboli infratuzilmasi, “Fenerbahche” va “Galatasaroy” klublarining tijoriy va skauting (o'yinchilar selekciyasi) sohalaridagi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

“Metallurg” futbol klubi bosh direktori SHavkat Saidov turk futboli andozasi asosida O'zbekistonda ham skauting va selekciya jarayonini yaxshi yo'lga qo'yish kerakligini aytib o'tdi. 

- Istanbulda o'tkazilgan seminarlarda ko'plab muhim malumotlarga ega bo'ldik. Ayniqsa, “Fenerbahche” hamda “Galatasaroy” klublariga bo'lgan tashrifimiz juda foydali o'tdi. 

Menga skauting bo'yicha Turkiya klublarida yo'lga qo'yilgan ish jarayoni juda maqul bo'ldi. Ayniqsa, Turkiyaning grand klublarida turli mintaqalardagi yosh iqtidorlarni aniqlab olish uchun alohida hududiy bo'limlar mavjud ekanligini takidlab o'tishni istar edim. Biz ushbu muloqot jarayonida ulardagi mavjud skauting va agentlar bilan ishlash tizimi bilan ham tanishib chiqdik. Ayniqsa, zamonaviy futboldagi mavjud texnologiya va qurilmalar yordamida futbolchilarning jismoniy ko'rsatkichlarini ham tahlil qilib borilishi juda muhimligiga guvoh bo'ldik. 

Masalan, turk klublari skauting va futbolchilar o'yini tahlili bo'yicha bir vaqtning o'zida bir necha platformalardan foydalanishar ekan. Futbolchining o'yinlarini borib ko'rish, statistik tahlilini amalga oshirish, Wyscout, Transfermarkt singari platformalar orqali yana boshqa ko'rsatkichlarini muntazam o'rganib, solishtirib borishar ekan. 

Diqqatimni tortgan jihatlardan yana biri ularda futbolchining texnik-taktik va jismoniy jihatlaridan tashqari, ruhiy holatiga ham alohida etibor qaratilishi bo'ldi. Yani katta o'yinlarga, xususan biz kuzatgan “Beshiktosh” – “Fenerbahche” singari derbilarga ruhan tayyor bo'lgan futbolchilarni jamoaga jalb etishga alohida etibor qaratilar ekan. Biz ham mana shunday katta bosimli uchrashuvlarga dosh beradigan yosh futbolchilarni tarbiyalay olsak, kelajakda xalqaro maydonda Eron, Janubiy Koreya va Yaponiya singari qitamizning grand termalaridan o'zib keta olishimizga ishonaman. 

“Metallurg” futbol akademiyasida ham yosh futbolchilarni aynan psixologik jihatdan katta futbolga tayyorlashga alohida etibor qaratishga intilamiz. “Metallurg”da ham 4 yildan buyon alohida skauting bo'limi faoliyat olib bormoqda. Ilhom SHaripov singari jamoamiz muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan yana 5 nafar sobiq futbolchilarimiz yangi iqtidorlarni klubga jalb etishga masul bo'lib kelishmoqda. Skauting bo'yicha ish jarayonimizni ushbu safardan olgan bilimlarimiz orqali yanada yaxshilab, “Metallurg” futbol akademiyasi va asosiy tarkibimizni yurtimizning eng sara iqtidorlari bilan to'ldirishda davom etamiz, - dedi SHavkat Saidov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика