So’nggi yangiliklar

08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  0 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  2 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  0 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   0 02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  14 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  168 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  3 01:01Сардор Азимов: "Биринчи бўлимда гол уришни мақсад қилгандик. Жамоада муҳит аъло даражада"  3 00:31"Барса" тез орада де Йонг билан шартномани узайтиради  0 00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  3 23:42Қозоғистонлик тадбиркор "Реал"дан бешта гол ўтказган "Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабонига машина совға қилди  5 22:50Максим Шацких: "Энг муҳими гол ўтказмаслик ва нолга ўйнаш. Реализация эса кун келиб яхшиланади"  16 22:32"Элче" "Барса"га қарши ўйин анонсида учрашув "Камп Ноу" стадионида ўтказилишини маълум қилди  0 21:54"Ал Аҳли" устози: "Дурангдан қониқмадик, аммо натижа адолатли бўлди. Бу каби атмосферани маҳаллий чемпионатда доим ҳам кўравермаймиз"  10

SHavkat Saidov: "Metallurg"ning maqsadi yoshlar bilan yaxshi natija qayd etish" Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Metallurg"ning maqsadi yoshlar bilan yaxshi natija qayd etish"

"Mashal" - "Metallurg" uchrashuvidan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi SHavkat Saidov qatnashdi.

"Bugun ikkita har xil bo'limlarga guvoh bo'ldik. Birinchi bo'limda "Mashal" to'liq ustunlik qildi, hatto ular 3-4 ta to'p kiritishlari ham mumkin edi. Ikkinchi bo'limda esa aksincha, biz ustunlik qildik. Yigitlarga tanaffusda bergan ko'rsatmalarimizga amal qilib o'yinni bizning foydamizga hal qilganliklari uchun murabbiylar shtabi nomidan minnatdorchilik bildiraman.

- "Metallurg" tarkibida bir nechta yosh o'yinchilar harakat qilayotganiga qaramay jamoa natija ko'rsatmoqda. Yoshlar mavsum davomida stabillikni saqlab qola oladimi?

- Bir necha yillardan buyon tarkibimizda katta o'zgarishlar qilmadik, bu yil esa ko'plab futbolchilar jamoani tark etishdi. Ularning o'rnini asosan o'rinbosarlar tarkibimizdagi yosh o'yinchilar, shuningdek boshqa jamoalardan taklif etilgan ayrim futbolchilar to'ldirishdi. Jamoamizning asosiy maqsadi yoshlar bilan o'tgan yilgidan yaxshiroq natija qayd etish.

- Oliy liga 2 va 3 turlari orasida ancha vaqt bor. Jamoa bu vaziyatdan qanday chiqib ketadi?
- Klubimiz odatdagidek besh kunlik rejim asosida mashg'ulotlarni olib boradi. Bu orada O'zbekiston kubogining 1/16 finali doirasida o'yinimiz bor, kubokdagi maqsadimiz 1/8 finalga chiqish. Ushbu uchrashuvdan keyin esa CHirchiqda mashg'ulotlarni davom ettiramiz.

- Kiritilgan gollar haqida qanday fikrdasiz?
- Men birinchi golimizga to'xtalmoqchiman. O'yindagi hisobni tenglashtiruvchi golni kiritgan vaziyatimizda "Bunyodkor"dan taklif etilgan Javohir Esonqulov oxirigacha kurashdi. Bu yigit 1997 yilda tavallud topgan, agar mana shu tempda o'ynashda davom etsa kelajakda terma jamoada ham ko'rishimiz mumkin.


"Mashal" matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика