So’nggi yangiliklar

17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  0 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  1 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  29 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  9 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3

SHavkat Mirziyoev "Metallurg" futbol klubi qoshidagi akademiyani ko'zdan kechirdi Yangiliklar

SHavkat Mirziyoev "Metallurg" futbol klubi qoshidagi akademiyani ko'zdan kechirdi

Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev Bekobod shahriga tashrifi davomida "Metallurg" futbol klubi qoshidagi "El Golazo" futbol akademiyasida bo'ldi.

Ushbu maktab Ispaniyaning taniqli "Real Madrid" klubi jamg'armasi ko'magida tashkil etilgan bo'lib, o'tgan yili oktyabrda faoliyat boshlagan. Tabiiy va suniy chimli stadionlar, fitnes zali, o'quv binolari va yotoqxonada zamonaviy sharoitlar yaratilgan. O'quv-mashg'ulotlari "Real Madrid" futbol klubi ananalariga mos ravishda olib boriladi. Murabbiylarning uch nafari ispaniyalik.

Bugungi kunda akademiyada 200 nafardan ortiq o'quvchi saboq olmoqda. Bu erda o'qish istagidagi yoshlar ko'p. SHu bois 11 yoshdan 17 yoshgacha bolalar tanlov asosida qabul qilinadi. Yaqinda 48 nafar iqtidorli tarbiyalanuvchi Ispaniyada mahorat oshirib keldi.

Davlatimiz rahbari akademiyada yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi, bolalar bilan suhbatlashdi.

"SHunday zamonaviy sharoitlarda o'qiyotganingiz, yonib turgan ko'zlaringizni ko'rib, xursand bo'ldim.

Kelgusida sizlardan mashhur futbolchilar, chempionlar etishib chiqishiga ishonaman. Eng muhimi, sog'lom bo'lib ulg'ayasiz, farzandlaringizni ham sportga oshno qilib tarbiyalaysiz. Maqsadimiz - yoshlar o'rtasida ana shunday muhitni shakllantirish", – dedi Prezident. 

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga bu futbol maktabi tajribasini ommalashtirish bo'yicha ko'rsatma berdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика