Yamal endi avvalgidek o'ynolmaydimi?
30 okt 15:16
Yangiliklar
Yamal endi avvalgidek o'ynolmaydimi?
Mashhur sport shifokori Pedro Ruis Pirol Yamalning "El Klasiko"da yaxshi o'ynashiga chov jarohati to'sqinlik qilganini aytdi.
Shifokor "El Larguero" nashriga shunday dedi. Ripolning so'zlariga ko'ra, agar to'g'ri davolanmasa, bu jarohatdan to'liq tiklanishga bir necha oy vaqt ketadi.
"Ochig'ini aytganda, bu jarohatni davolash mushkul. U o'yinchining harakatlanish va zarba berish qobiliyatini deyarli 50% ga kamaytiradigan og'riq bilan tavsiflanadi, biz buni "El Klasiko"da ko'rdik. Futbolchi darvoza tomon zarba bermaydi, unga harakatlanish qiyin... Bu o'yinchiga o'yinlarda ishtirok etishga imkon beradigan, ammo uning eng yaxshi o'yin ko'rsatishiga to'sqinlik qiladigan va uning o'yinini sezilarli darajada pasaytiradigan og'riq", – dedi Ripol.
26 oktyabr, yakshanba kuni "Barselona" "El Klasiko"da "Real"ga 1:2 hisobida yutqazdi. Yamal maydondagi eng yomon o'yinchilardan biri bo'lib, sport nashrlari tomonidan past baholar oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar