So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

SHavkat Abduxo'jaev: "Surxon" asosiy tarkibini murabbiylar shtabi kelishgan holda aniqlaydi" Yangiliklar

SHavkat Abduxo'jaev: "Surxon" asosiy tarkibini murabbiylar shtabi kelishgan holda aniqlaydi"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Bunyodkor" (1:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi SHavkat Abduxo'jaev o'z fikrlarini bildirdi.


“Avvalo muxlislarimizdan uzr so'rayman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, birinchi bo'limda raqib darvozasi oldida yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Futbolda gol urgan jamoa g'alaba qozonadi. Bu mag'lubiyat o'rnini safardagi o'yinlarda g'alaba qozonib to'ldirishga va vaziyatlardan foydalanish bo'yicha yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz.

Fikrimcha, bugun ikkinchi bo'limda konsentraciyani yo'qotib qo'ydik. Raqibning qarshi hujumlarida yanada diqqatliroq bo'lishimiz lozim edi. Biz o'tirgan joydan Kasyan yiqitilganida penalti bordek tuyulgandi. Hakamlikni ko'rib chiqadigan alohida insonlar bor.

Bugun biz ko'proq hujum uyushtirdik. SHunchaki, hujumlarni golga aylantira olmadik. Agar gol urganimizda hisob bunday ko'rinish olmasdi.

Tarkibni murabbiylar shtabi kelishgan holda aniqlaydi. Yangi bosh murabbiy masalasi tez orada ko'rib chiqilsa kerak”, - dedi Abduxo'jaev. 


Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика