So’nggi yangiliklar

17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  14 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  25 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7

SHarqning G'arbiy London bilan uchrashuvi - "CHelsi"ni o'zgartirgan hindistonlik mutaxassis Yangiliklar

SHarqning G'arbiy London bilan uchrashuvi - "CHelsi"ni o'zgartirgan hindistonlik mutaxassis

Vinay Menon "CHelsi" egasi Roman Abramovich haqida deyarli hech narsa bilmasdi. Futbol haqida esa undan ham kamroq malumotga ega edi: u umrida biror marta futbol o'yinini tomosha qilmagan edi.

Biroq u 2009 yil Abramovichning g'arbiy Londondagi hashamatli uyi qarshisiga yaqinlashar ekan, uning hayotini butunlay o'zgartiradigan va uni, ehtimol, sportdagi eng mashhur hindistonlikka aylantiradigan uchrashuvga qadam qo'yayotgan edi.

Kerala (Hindistondagi shtat)da tug'ilgan va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda onalarcha mehr bergan yoga bilan shug'ullanuvchi bobosidan ilhomlangan Menon og'izdan-og'izga o'tib, rus oligarxiga tavsiya qilingan edi.

U Dubaydagi hashamatli mehmonxonada milliarderlar va mashhurlar uchun sog'lomlashtirish, yoga va dam olish mashqlarini o'tkazayotganida, Abramovichning o'sha paytdagi xotini Dashaning otasi undan muolaja olishga keldi.

SHundan so'ng Menon Abramovichlar uchun shaxsiy darslar o'tkazish maqsadida Londonga tashrif buyurdi. Ammo Roman Menonning mahoratidan shunchalik hayratga tushdiki, uni Premer-liganing birinchi sog'lomlashtirish murabbiyi sifatida asosiy jamoa bilan ishlash uchun "CHelsi"ning Kobhem mashg'ulot markaziga yubordi.

"Roman shunday bo'lishini xohladi va u aytgandek bo'ldi", deydi Menon.

"Men futbolga umuman aloqasi bo'lmagan hindistonlik edim, ulkan klubga kirib keldim. CHetdan qaraganda, bu erda ishlashim imkonsiz tuyulardi.

"U erda katta to'siq bor edi, ammo uni engib o'tsa bo'lardi, chunki bu g'oya klubning egasidan chiqqan edi - uning o'zi shunday o'zgarish qo'llashni boshladi, shu bois barcha buni amalga oshirishga tayyor edi".

SHunday bo'lsa-da, Menon va uning falsafasining kirib kelishi oldingi besh mavsumda Premer-liga g'olibi yoki ikkinchi o'rinni egallagan jamoani madaniy jihatdan larzaga soldi.

"Biz yuqori darajadagi natijalar haqida gapiryapmiz, biroq o'zgarish qilish har doim qiyin kechadi," deydi Menon.

"Nimadir qo'shimcha qilish yoki nimadandir voz kechish har doim murakkab bo'lgan, odamlar o'zgarishni xohlamaydi, chunki ular allaqachon yaxshi natija ko'rsatmoqda va g'alaba qozonmoqda. Ularda nima uchun o'zgarish bo'lishi kerak degan savol bo'ladi?

"Hamma menga yaxshi munosabatda edi, lekin dastlab futbolchilar bilan shug'ullanish oson bo'lmadi. Uslublarim asosida men ilan ishlashga tayyor bo'lgan bir nechta o'yinchilarga minnatdorchilik bildirishim kerak".

O'yinchilarning hech biri Menon bilan ishlashga majbur emas edi. Aksincha, uning xizmati kerak bo'lgan taqdirdagina, unga murojaat qilish imkoniyati bor edi.

Hujumchi Dide Drogba tez orada Menonning asosiy xayrixohiga aylandi.

"Dide birinchi "mijozim" edi - "CHelsi" katta bir oilaga o'xshaydi va biz shunchaki o'yinchilar bilan oshxonada o'tirib ovqatlanar edik, shu tarzda ovqatlanish paytida suhbat tabiiy ravishda boshlandi", deydi Menon.

"U mendan o'zi uchun nima qila olishimni so'radi va men unga nimalarni qila olishimni aytdim, u esa darhol sinab ko'rishga rozi bo'ldi. Bu men uchun futbolda yangi imkoniyatlar eshigini ochgan lahza edi.

SHundan so'ng Jo Koul, Frenk Lempard, Jon Terri ham ushbu amaliyotni sinab ko'rish uchun menga murojaat qila boshlashdi.

"Tibbiyot bo'limi ajoyib edi va men boshqa sohadan bo'lishimga qaramay, meni o'z davrasiga qo'shib olishdi".

Menonning mashg'ulotlari meditaciya, o'yinchilarning ruhiy holatini yaxshilash hamda yuqori darajadagi bosim va u bilan bog'liq salbiy fikrlarni bartaraf etishdan iborat edi.

"Men hech qanday maqomga ega bo'lmagan shaxs edim, o'yinchilarga o'z-o'ziga g'amxo'rlik qilishni, ruhiy va hissiy muvozanatni saqlashni, bu jihatlarning jismoniy holatlariga tasirini o'rgatardim", deydi Menon.

"Ular ham inson, shu bois ularga chaqchaqlashib, bemalol gaplasha olagan do'st bo'lish kerak, shundan keyingina ular oshkora suhbatlasha boshlaydi.

"Sport va biznesda ruhan xotirjam bo'lishingiz kerak. Ikkalasida ham aql hamma narsani hal qiladi".

Menon 13 yil davomida "CHelsi"ning orqa fonida doimiy faoliyatda bo'lib, Karlo Anchelotti, Rafael Benites, Joze Mourinyu, Antonio Konte va Tomas Tuxel kabi murabbiylar qo'l ostida ishladi.

"Men 2010 yildan beri "CHelsi" erishgan barcha g'alabalarning bir qismi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ldim," deydi u.

"Bu ajoyib tajriba edi, hayratlanarli davr edi, ochig'ini aytsam, men ushbu damlarni juda sog'inaman".

2022 yil Todd Byoli va Clearlake Capital Abramovichdan klubni sotib olgach, "CHelsi"ning ko'plab xodimlarini, ayniqsa tibbiyot bo'limini qisqartirgan. Ketgandardan biri Menon edi.

Abramovich sankciyaga uchragach, klubni sotishga majbur bo'ldi.

Klubdagi o'zgarishlar "CHelsi" jamoasi o'yinchilarining jarohatlanish holatlari ko'payishi bilan bir vaqtga to'g'ri keldi, ammo Menon yangi xo'jayinlar klubni barqarorlashtirishiga ishonch bildirmoqda.

"Hayotda o'zgarishlar bo'lishi muqarrar", - deydi u. "Eski boshqaruv tizimi katta muvaffaqiyatlarga erishdi va klub tarixida chuqur iz qoldirdi.

"Endi esa juda shiddatli, mutlaqo o'zgacha, boshqa mintaqadan kelgan va futbolni boshqacha tushunuvchi yangi boshqaruvchi keldi.

"Ularga moslashish uchun vaqt kerak, ular hozircha tayyorgarlik bosqichida deb o'ylayman, ammo ular moslashib keta oladi. Men yangi rahbariyat bilan ishlagan edim va ular yaxshi odamlar.

Ularga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Men hamon "CHelsi" muxlisiman".

2022 yil Menon uchun yangi sahifa ochildi, u Roberto Martines murabbiyligidagi Belgiya jamoa bilan jahon chempionatiga yo'l oldi.

Er yuzidagi eng ko'p aholiga ega mamlakat - Hindiston hech qachon bu musobaqaga chiqa olmagan va Menonning ishtiroki vatandoshlarining etiborini tortdi.

"Bu imkoniyat vatandoshlarim va yosh avlodda ham shunday imkoniyatga ega bo'lishi mumkinligidan darak beradi" deydi u.

"Bu maydonlarda bizning mamlakat azolari ham ishtirok etishi mumkin. Futbolchi sifatida bo'lmasa-dp, hech bo'lmaganda, jamoaning orqa plandagi xodimi sifatida qatnashishi mumkin. Ananaga ko'ra, Hindistonda ko'pchilik ota-onalar avval talim olish, so'ngra futbol o'ynash kerak, deyishadi. Men bu qarashni o'zgartirib, o'qish va futbol o'ynash muvozanati teng, yani 50/50 bo'lishini xohlayman. Siz o'z orzularingiz ortidan quvishdan to'xtamasligingiz kerak".

Menonning fikricha, u tug'ilgan mamlakat terma vatani xalqaro futbol maydonida o'z o'rniga ega bo'lishi uchun infratuzilma va futbolga bo'lgan yondashuv o'zgarishi kerak.

"Bizning mamlakatda 1,4 milliard aholi yashaydi, asosiy muammo — iqtidorlarni saralab olishda" deya qo'shimcha qiladi u.

"Bundaylarni saralab olish uchun bizga kamida 100 ta boshlang'ich bo'g'indagi jamoa kerak. Gap bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirishga mo'ljallangan quyi bo'g'indagi maktablarni tashkil etish haqida ketmoqda.

"Agar bu jarayon tizimlashtirilsa, bizda chinakam jamoa paydo bo'ladi.

"O'tgan jahon chempionatida ko'plab hindistonliklar Qatarda bo'lib, Messi va Ronalduning ishtirokini kuzatib borishdi. Ammo bizga madaniy o'zgarish kerak. Sport kelajak uchun, ruhiy salomatlik, sog'liq va iqtisodiyot uchun ham muhim.

"Men bu suhbatlarni Hindistonda ilgari ham o'tkazganman va agar mamlakatimga yordamim kerak bo'lsa, hamisha tayyorman. Ishonchim komilki, ertami-kechmi, biz jahon chempionatida ishtirok etamiz".

Nizar Kinsella


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

   
12 noy 15:59:50
Dilmurod Umarov
Hindistonliklar juda ham aqlli bo'lishadi,ularni mana shunday muhim ishlarda va yuqori lavozimlarda uchratish odatiy hol
   
12 noy 10:17:56
Sardor Merzaev
Chelseani Eva Korneya degan ayol shifokori bo'lardi Mourni deb ishdan ketgandi chelsea arsenal bn o'yinda yutqizib turgandi maydonga so'roqsiz tushib ketgani Mour uni haqorat qilgani un.
   
12 noy 09:36:28
Шерзод. М
Яхши мақола чиқарибсиз
   
12 noy 03:31:39
BXZ BXZ
Трамава камайишига ва жисмоний
холат ривожланишига хиссаси бу́лса демак бизни жамоалар хам йога биладиган мураббий олиши керак .
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика