So’nggi yangiliklar

18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  2 18:40Саудия Арабистони Суперкубоги ярим финали: "Ал Насср" "Ал Иттиҳод" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  11 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   0 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  0 18:15Про лига. "Арал" Нукусда "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  5 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  11 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0

SHaker Zuagi: Guruhdan chiqishga urinamiz Yangiliklar

SHaker Zuagi: Guruhdan chiqishga urinamiz

Bunyodkor - Al Jazira uchrashuvidan so'ng (2:1) SHaker Zuagi mikst-zonada savollarimizga javob berdi.
"Biz bu o'yinga bir yarim oydan ortiq tayyorlandik, eng asosiysi biz g'alaba qozondik. Guruh bosqichiga yo'llanma oldik. U erda ikkita kuchli klub borligini bilaman, ammo bizning tarkibimiz ham yomon emas. Guruhdan chiqishga urinamiz, bunga kuchimiz etadi!", - deydi Zuagi.

- Bugun mavsumdagi ilk rasmiy o'yinni o'tkazdingiz. O'z harakatlaringizdan qoniqdingizmi?
- Yo'q,  barchasi joyida. Ikki oydan buyon birga o'ynayapmiz. Bir qator o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazdik. SHu bois hech qanday muammo bo'lmadi. Bir jamoadek harakat qildik.

- OCHL haqida fikrlaringiz? Bu musobaqada ilk bor o'ynadingiz…
- Endi birinchi uchrashuvimni o'tkazdim. O'ylashimcha, qiziqarli bo'ladi. Evropa va Afrikada o'ynaganman. Hozir Osiyodaman, bu men uchun juda muhim. Barchasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman. 

- Raqib haqida nima deya olasiz? Sababi uchrashuvdan oldin Al Jazira favorit hisoblanayotgan edi?
- Biz bir jamoa sifatida o'ynadik. Ularning hujumi juda xavfli. Ammo bizda ham ularda ham 11 nafar futbolchi harakat qildi. Al Jazira ishtirokidagi o'yinlarni ko'rib chiqqandik. Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshi bilardik.

- Sizga rahmat. Keyingi o'yinlarda jamoaga omad tilaymiz.  


Omonjon To'xtamirzaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика