So’nggi yangiliklar

07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  20 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  14 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  17 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  74 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  113 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  702

“SHahrixon-1926” Andijon viloyati chempioni! Yangiliklar

“SHahrixon-1926” Andijon viloyati chempioni!

Teglar :  SHahrixon-1926
16 noyabr, payshanba kuni Andijonda O'zbekiston birinchiligi ikkinchi tabaqa jamoalari o'rtasidagi viloyat chempionat o'yinlari yakuniga etdi.

Andijon viloyati ikkinchi ligasida jami 16ta jamoa ikki guruhga bo'lingan xolda, g'oliblik uchun kurash olib bordi.

Yakunda”A” guruhidan “UzDongYAngKo” barcha raqiblarini ortda qoldirib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lsa, “B” guruhida “SHahrixon-1926” jamoasi etakchilik qildi. Kecha ushbu jamoalar musobaqaning final qismida o'zaro kuch sinashdi.

Uchrashuv Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” stadionida kechdi. Aytish lozimki, mazkur bahsga bo'lgan qiziqish ko'pchilikda yuqori darajada edi. Mamlakatimizda birinchi liga o'yinlari birmuncha erta yakunlangani bois, andijonlik muxlislar ham katta futbolni biroz sog'inib qolishgandi. SHu bois bo'lsa kerak, kecha stadionga tomoshabinlar soni yuqori darajada bo'ldi. Final ham go'yoki birinchi liga darajasida o'tdi desa ham bo'ladi.

Finaldagi raqiblar chin manoda bir-biriga principial rayib sifatida qarardi. SHuning uchun o'yinni keskin va murosasiz kurashlar ostida o'tishini avvaldan tahmin qilish ham qiyin emasdi. Yakunda shunday ham bo'ldi.  

“UzDongYAngKo” bundan bir oy avval ikkinchi liga jamoalari o'rtasida viloyat Kubogini qo'lga kiritgandi. Sanjar Latipov shogirdlari bu safar chempionatda ham oltin medallarni qo'lga kiritish uchun astoydil xarakat qildi. Ammo “SHahrixon-1926” ham birinchi ligaga chiqish uchun pulka yo'llanmasini qo'lga kiritish maqsadida o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rganini amalda isbotladi. Kezi kelganda aytish lozimki, bugungi kunda “SHahrixon-1926” jamoasiga andijonlik taniqli futbolchi Baxtiyor Hamidullaev ustozlik qilmoqda. Murabbiylik faoliyatini quyidan boshlashga qaror qilgan sobiq goleador bu yil o'z jamoasi bilan birinchi ligaga chiqish uchun astoydil xarakat qilmoqda.
O'yin haqida qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsak, mezbon sifatida xarakat qilgan “UzDongYAngKo” jamoasidan ko'pchilik yuqori saviyadagi o'yinni kutgandi. Ammo ularning o'yini negadir qovushmadi. SHahrixonliklarning birinchi bo'limda hisobni ochishlari ularga katta ustunlik berdi. Mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun astoydil xarakat qilishgan bo'lsada, o'z maqsadlariga eta olmadi. Bizningcha ularga butunu o'yin davomida bitta nominal hujumchi bilan xarakat qilgani qimmatga tushdi. Boisi oldingi chiziqda birgina Isroil Tursunovning o'zi yolg'izlanib qoldi.

“SHahrixon-1926” esa himoyani unutmagan xolda, imkon bo'ldi deguncha qarshi hujumga o'tib turdi. Bu narsa ikkinchi bo'lim oxirlariga borib, o'z samarasini berdi. Doniyor Hamidullaev aniq zarbasi bilan hisobni 2taga oshirgan bo'lsa, qo'shimcha vaqtda maydonga tushgan Abduqahhor Nazirov oradan hech qancha vaqt o'tmay “UzDongYAngKo” darvozasiga uchinchi to'pni kiritdi.

SHu tariqa viloyat chempionati final qismida “SHahrixon-1926” yirik hisobda g'alaba qozondi.

17.11.2017 yil
Andijon viloyati ikkinchi liga final uchrashuvi.
“UzDongYAngKo” - “SHahrixon-1926” 0:3 (0:1).
Andijon. “Sog'lom avlod” stadioni.
Hakamlar: 
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Xushnud Suyunboev.
Nazoratchi: Rustam Hamidov.  
Gollar: Jamshid Hamidov, 20. Doniyor Hamidullaev, 86. Abduqahhor Nazirov, 90+7.
“UzDongYAngKo”: 1.Bobur Tojiboev, 2.Azizbek Mahmudov, 3.Azamat Isaev, 4.Salim Rahmatullaev, 6.Muhammadjon Otajonov, 10.Jahongir Suyarqulov, 11.Isroil Tursunov, 12.Quddus G'ulomov, 13.Azizbek Davronov, 18. Eldor To'lanov, 19.Anvar Abduqodirov (S).
Zaxira: 5.Ilyos Sobirov, 7.Javlon Hamdamov, 8.Sardor Nurmatov, 9.Dilshod Mo'ysinov, 14.Akram Muhammadtohirov, 17.Hasanboy Ibragimov, 20.Asadbek Abdujalilov.
“SHahrixon-1926” : 34.Lochin Dolimov, 4.Islom Qo'ziboev, 5.Odil Davronov, 8.Abubakir Abdullaev, 9.Doniyor Hamidullaev (S), 10.Jamshid Hamidov, 11.Po'lat SHaripov, 17.Jasur Quvvataliev, 18.Mansur Mahsudov, 21.Doniyor Turdiqulov, 23.Bekzod G'oziev.
Zaxira: 2.Islom Mo'minov, 3.Zokir Najimov, 7.Samandar Ismoilov, 13.Abduvohid Jo'raev, 20.Abduqahhor Nazirov, 77.Zuhriddin Mirzaev.

Final uchrashuvi yakuniga etgach, musobaqa qatnashchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Taqdirlash marosimida so'z dastlab, Andijon viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i O'tkirbek Toshpo'latovga berildi:

- Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar! Bugun biz 2017 yilgi O'zbekiston 2-tabaqa jamoalari o'rtasidagi Andijon viloyati chempionatining yopilish marosimida uchrashib turibmiz.

- Keyingi yillarda viloyatimizda futbolni rivojlantirishga, uning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashga alohida etibor qaratib kelinmoqda.

- Andijon viloyati hokimi Abdurahmonov SHuhratbek Qo'shaqboevichning viloyatda futbolga qaratayotgan etibori tufayli bugungi kunda futbol jamoalarimizga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar viloyat futbolining yorqin kelajagiga katta qadam qo'yilayotganligidan dalolatdir.

- Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, yaxshi kayfiyat va faqat omad tilayman – deydi O'tkirbek Odiljonovich.



SHundan so'ng so'z Andijon viloyati futbol federaciyasining birinchi vice-prezidenti Bekzodbek Karimovga berildi: - Assalomu alaykum, qadrli muxlislar va musobaqa ishtirokchilari! Sport-salomatlik garovi, tinchlik elchisi. Aslini olganda xayotda inson uchun eng zarur bo'lgan ulug' nematlar ham mana shular.  Ikkinchi tabaqa Andijon viloyati chempionati va Kubogi musobaqalarini o'tkazishdan asosiy maqsadimiz viloyatimizning bosh jamoasi “Andijon” va “UzDongJu” jamoalariga munosib o'rinbosarlar tayyorlashdan iboratdir.

Ushbu musobaqani tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Ichki ishlar va Sog'liqni saqlash boshqarmalari, Andijon olimpiya zaxiralari kolleji mamuriyati, viloyat teleradiokompaniyasi hamda Andijon viloyati hokimligiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz – deydi Bekzodbek Hamidullaevich.
SHundan so'ng navbat musobaqa g'oliblari va hamkorlarini estalik sovg'alar, diplom hamda medallar bilan taqdirlash marosimiga etib keldi.

“UzDongYAngKo” jamoasiga kumush medallar taqdim etilgach, “SHahrixon-1926” futbolchilariga oltin medallar taqib qo'yildi.

Viloyat futbol federaciyasi tomonidan musobaqada ishtirok etgan har bir ampluaning “Eng yaxshi” futbolchisi aniqlab, diplom va estalik sovg'a bilan taqdirlandi.
Unga ko'ra, musobaqaning “Eng yaxshi darvozaboni” “SHahrixon-1926” posboni Lochin Dolimov, “Eng yaxshi himoyachi” “SHahrixon-1926”  azosi Mansur Mahsudov, “Eng yaxshi yarim himoyachi” – Anvar Abduqodirov (“UzDongYAngKo”), “Eng yaxshi hujumchi” – Doniyor Hamidullaev (“SHahrixon-1926”), Musobaqaning “Eng yaxshi to'purari” – Isroil Tursunov (“UzDongYAngKo”)deb topildi.

Bundan tashqari final uchrashuvini boshqarib borgan oliy liga hakamlari ham viloyat futbol federaciyasining estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

SHuningdek, viloyat futbolida o'ziga yarasha nom qozongan, “Andijon” ishqibozlar klubi etakchisi – Nodirbek To'ychiev, “Sog'lom avlod” stadionining maydonini imkon qadar ideal xolatga keltirish uchun samarali mexnatlari bilan katta yordam berib kelayotgan   Azizbek Saidahmedov, “Sog'lom avlod” stadionida futbol uchrashuvlarida suhandonlik qilib kelayotgan xushovoz sohibi – G'ulomqodir Abdurahimov viloyat futbol federaciyasining diplomi va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida so'z taniqli sobiq hakam, ustoz murabbiy – Muhammadqosim To'xtasinovga berildi.

SHu tariqa 2017 yilgi Andijon viloyat ikkinchi liga musobaqasi yopiq deya elon qilindi.

Islombek Rustambekov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика