Eshitdik-da! "Paxtakor" futbolchisi ikkinchi davrani "Andijon"da boshlashi mumkin
29 may 18:59
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Paxtakor" futbolchisi ikkinchi davrani "Andijon"da boshlashi mumkin
"Paxtakor" himoyachisi Shahzod Azmiddinov jamoasini o'zgartirish ehtimoli bor.
24 yoshli futbolchi "Paxtakor" tarkibida oxirgi bor 3 may kuni Superliga 8-turida "Surxon" bilan (1:2) bahsda maydonga tushgandi. Shundan keyin u ketma-ket 4 o'yinda qaydnomadan o'rin olmadi.
Championat.asia sayti malumotlariga ko'ra, Maksim Shackix qo'l ostidagi "Andijon" jamoasi Azmiddinovni yozgi transfer oynasida "Paxtakor"dan ijaraga olmoqchi. Muzokaralar boshlangan. Agar tomonlar o'zaro kelisha olsa, futbolchi ikkinchi davrani "Andijon" safida o'tkazadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar