So’nggi yangiliklar

22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  50 22:04"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0

SHahboz Jumaboev: “Maqsadimiz “Andijon”ni Superligaga olib chiqish” Yangiliklar

SHahboz Jumaboev: “Maqsadimiz “Andijon”ni Superligaga olib chiqish”

PRO-Liganing 3-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Xorazm” (3:1) uchrashuvida dublga erishgan hujumchi SHahboz Jumaboev mezbonlar safida xarakat qilgan “Eng yaxshi futbolchi” deya etirof etildi.

SHu bois bahs yakuniga etgach, Jumaboev bilan qisqacha suhbatlashdik.

- O'yin yaxshi bo'ldi. Menimcha muxlislarga ham yoqdi. G'alaba qozonishimiz uchun bizga tezkor gol zarur edi. Murabbiyning ko'rsatmasi ham shunday edi.  Berilgan ko'rsatmani bekamu-ko'st bajarishga xarakat qildik. Xudoga shukur, o'yinning boshidayoq birinchi bo'lib hisobni ochib, natijani o'z foydamizga xal qila oldik. Butun o'yin davomida jamoamizni qizg'in qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizni ham g'alaba bilan tabriklayman va ularga minnatdorchilki bildiraman.

- Muvaffaqiyatlarimizning siri menimcha ahil jamoa yig'ilgani bilan bog'liq. Yigitlar nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham bir-birlarini xurmat qiladi va qo'llab-quvvatlaydi. SHuning uchun ham maydonda bir-birimizni tushunib o'ynashimiz oson kechmoqda.

- Har bir hujumchi maydonga chiqayotganida gol urishni maqsad qiladi. Men ham bugun jamoadoshlarimdan qulay pas bilan taminlanishini kutgandim. Agarda imkoniyat bo'lsa raqib darvozasini ishg'ol etishni xohlagandim. Xudoga shukur, bugun ikkita gol urib, jamoamga foyda keltirdim. Bundan xursandman.

- CHempionatda nechta gol urmoqchiman? To'g'risi, men uchun eng avvalo jamoaviy yutuq asosiy o'rinda turadi. “Andijon”ni Superligaga olib chiqishimiz kerak. SHaxsiy natijalar keyingi o'rinda – deydi SHahboz Jumaboev.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика