So’nggi yangiliklar

22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  56 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  10 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  3 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  8 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  7

SHafqatsiz mundial-2 Yangiliklar

SHafqatsiz mundial-2

SHafqatsiz mundial. Har to'rt yilda bir marta o'tkaziladigan ushbu chempionatning jozibasi ham shunda.

Kim qaysi terma jamoada to'p surishi, qaysi terma jamoa qanday natijalarga erishganligi bu chempionatda ahamiyatsiz, yo'lda davom etishing uchun qarshingdan kim chiqsa albatta yutishing shart.

Rossiya yashil maydonlarida o'tayotgan futbol bo'yicha 21-jahon chempionatiga tarkibida Inesta, Isko, Ramos, Pike kabi mashhur futbolchilari bor Ispaniya keldi. Bu terma jamoaning o'yinlaridan zavqlandik, miriqib tomosha qildik. Kimga qanaqa, har kimning o'z dunyoqarashi bor, shaxsan menga bu chempionatda Ispaniya terma jamoasi tarkibida Isko va Inestaning o'yinlari yoqdi. Lekin afsuski, nimchorak finalda mezbonlari bilan to'qnash kelgan Ispaniya mundialni tark etdi, ha endi biz  ularning o'yinlarini bu chempionatda ko'rmaymiz.


Bu shafqatsiz chempionat bizning Osiyo qitasining eng so'ngi vakili Yaponiya terma jamoasidan ham ayirdi. Bu terma jamoa nimchorak finalda ushbu mundialda favoritlar qatorida etirof etilayotgan Belgiya terma jamoasi bilan to'qnashdi, mardlarcha kurashdi, bizning qarashimizga ko'ra engilmadi, shunchaki raqibdan ko'ra ko'proq gol o'tkazib yubordi xolos. SHu tariqa bu chempionatda qitamizning eng so'ngi vakilini ham kuzatib qo'yishga majbur bo'ldik.


JCH-2018ga tarkibida Kasper SHmeyxel, Kristian Eriksen kabi mashhur futbolchilari bo'lgan Daniya keldi. Ular nimchorak finalda Xoravatiya terma jamoasi bilan uchrashdi, asosiy va qo'shimcha vaqtlarda g'olib aniqlanmadi, penaltilar seriyasida omad ulardan yuz o'girdi. Ha shafqatsiz turnirni Daniya terma jamoasi ham tark etdi.
Siz JCH-2018ni ko'rishda davom etib bu mundial yangi nomlarni, yangi iqtidorlarni kashf qilishda davom etadi. Oldinda turgan chorak finallar bundanda qiziqarli o'tishi turgan gap, zero bizni Belgiya-Braziliya uchrashuvi kutmoqda. Ana undlan keyin yana fikrlasharmiz...

Bekzod Tolibov.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика