Shackix Qozog'istonning "Turon" jamoasida o'zini ko'rsatayotgan Behruz Asqarov haqida gapirdi
14 apr 15:02
Yangiliklar
Shackix Qozog'istonning "Turon" jamoasida o'zini ko'rsatayotgan Behruz Asqarov haqida gapirdi
Mutaxassis suhbat mobaynida Turkistonning "Turon" jamoasi 22 yoshli yarim himoyachisi, avval qo'l ostida to'p tepgan Bexruz Asqarov haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Asqarov joriy mavsum Qozog'iston jamoasi tarkibida ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. "Qiziljar"ga qarshi bahsda yarim himoyachi zaxiradan maydonga tushib, gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Bu orqali u "Turon"ning mehmondagi 3:2 hisobidagi g'alabasida munosib hissa qo'shdi. Qozog'iston Kubogi doirasidagi "Atirau"ga qarshi o'yinda (2:0) yana golli pas uzatdi. Asqarovning muvaffaqiyatli o'yini qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi va uni hatto o'zbekistonlik iqtidorli himoyachi Abduqodir Xusanovga qiyoslaganlar ham topildi.

Maksim Shackix taqqoslashlarga munosabat bildirdi:
"Avvalo, Husanov va Asqarov butunlay farqli o'yinchilar ekanligini aytib o'tish joiz. Poziciyalari, jismoniy holati, o'yin sifati va boshqa tarkibiy qismlari jihatidan bir-biriga mos kelmaydi. Ayni paytda u o'zini yaxshi tarafdan namoyon etmoqda. Ajoyib! Bu super!"
U Asqarovni shaxsan tanishini takidladi:
"Asqarovani bilaman. Beha – juda yaxshi yigit, odobli, mahoratli futbolchi. Nega u "Paxtakor"da etarlicha o'ynamadi? Chunki tarkibda raqobat bor va u uzoq vaqt terma jamoada o'ynardi. Asqarov u erda ko'proq faol edi. Shuning uchun biz klubda undan kamroq foydalanardik. Biroq Asqarovni bir vaqtning o'zida bir qancha joylarda sinab ko'rganman. Dastlab o'zining tayanch nuqtasida o'ynagan, shundan so'ng chap qanot himoyachisi va markaziy himoyachi sifatida o'ynatganman. Keyinroq undan hatto o'ng qanot himoyachisi rolida foydalanganman".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar