Serji Roberto maoshi kamaygan holda "Barsa" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin
09 sen 2021 17:38
Yangiliklar
Serji Roberto maoshi kamaygan holda "Barsa" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin
"Barselona" himoyachisi Serji Roberto maoshi kamaygan holda kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.
Ispaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi ushbu mavsum so'nggida yakuniga etadi. Ispaniyalik seshanba kuni klub bilan muzokaralarning yangi bosqichini o'tkazdi.
"Barsa" prezidenti Joan Laportaning qayd etishicha, Roberto bilan kelishuv deyarli tayyor va seshanba kuni yakuniy kelishuvga erishish uchun yana bir qadam tashlandi.
"Bizning qahramonlarimiz bor: Jerar Pike, Jordi Alba, Serji Buskets va biz endi Serji Roberto bilan yakunlaymiz", - deydi Laporta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar