So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  4 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  6 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  3 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  8 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  64 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

Sergey Lushchan "Zomin" stadionini ko'rib havasim keldi. Avvalgi maydonga menimcha "kartoshka ekishardi" Yangiliklar

Sergey Lushchan "Zomin" stadionini ko'rib havasim keldi. Avvalgi maydonga menimcha "kartoshka ekishardi"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Zomin" - "Dinamo" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Sergey Lushchan fikrlarini bildirib o'tdi.




"O'yin haqida nima deyishim mumkin? Bahs menga yoqdi. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmaslik bizning doimiy muammolarimizdan biri bo'lib qolmoqda. Tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdik. Qaysidir manoda omad ham keldi. Taqvim ham og'ir kelayotganini aytib o'tishim joiz, "Istiqlol" bilan bog'liq muammolar ham paydo bo'ldi. Ochkolarni olishdi va yana qaytarishdi. Oradagi durang va mag'lubiyatlar bizni pastki o'ringa tushirdi. Yigitlarda xohish va ishtiyoq kuchli edi.

Ikkinchi goldan keyin futbolchilar xotirjamlikka berilishdi. Men bu haqida birinchi marotaba gapirayotganim yo'q. Bu tabiiy holat. Ikkinchi goldan keyin raqib hujumni kuchaytirishi aniq edi. Bu ruhiyat bilan bog'liq. Ikkinchi bo'limda gol o'tkazib yuborganimizdan keyin himoyada o'ynaganimizga qaramasdan vaziyatlar yarata oldik. Har bir o'yinda bir nechta golli vaziyatlar yaratyapmiz. Faqat foydalanishda oqsayapmiz. Bu futbol sen urolmasang senga urishadi. Farg'ona bilan o'z maydonimizdagi o'yinda o'yin bo'yicha ustunlikka ega bo'lgandik. Ikkita uchta gol urishimiz mumkin edi lekin urolmadik. Uchrashuv avvalida o'zimizga o'zimiz xato qilib to'p o'tkazib yubordik.

Moliyaviy tomondan muammolarimiz yo'q. Menimcha biz bu borada yagona klub bo'lsak kerak. Oylik mukofot pullari vaqtida to'lab borilmoqda. Afsuski jamoani faqat bir kishi qo'llab quvvatlamoqda. Aynan o'sha inson mablag' bilan taminlamoqda deya olaman. Albatta, shahar(hokimligi) ham bu borada faollik ko'rsatsa yaxshi bo'lardi. Bizning viloyatda daromad oqimining 80 foizi turizm orqali keladi. Koronavirus bilan bog'liq vaziyat esa bu borada muammolarni yuzaga keltirdi. Jamoa oldiga katta maqsadlar qo'yilganda unga mos ravishda moliyalashtirish ham bo'lishi zarur. Hozirgi kunda katta muammolar yo'q. Klub prezidentiga rahmat aytib qolaman. U - tadbirkor jamoani deyarli o'z yonidan moliyalashtirmoqda.

Bizda "SHo'rtan" bilan o'yindan oldin birinchi o'rinni egallash uchun ham imkoniyatlarimiz etarli edi. O'sha uchrashuvda ham ustunlik biz tomonda bo'lgan va so'nggi daqiqalarda o'z darvozamizga gol urib qo'ygandik. Buning oqibatida ikki ochko yo'qotdik. Yaxshi sport formasida bo'lib turganimizda bu xuddi tarsakidek tasir qildi. Alamli albatta. Nima ham qila olardik, bu - futbol.

Oxirgi marotaba bu erga kelganimda stadion juda achinarli ahvolda edi. Nazarimda bu erda kartoshka etishtirish bilan shug'ullanishgan. Bu shunchaki dahshat edi. Biz hatto stadionga qaysi yo'l bilan kirishni bilmadik. O'zgarishlar katta. Bu erda istalgan darajadagi o'yinni o'tkazsa bo'ladi. Yaxshi manoda hasad qilyapman, "Zomin" stadionini ko'rib havasim keldi. Barcha joyda shunday bo'lishini istayman",- deydi Lushchan.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика