So’nggi yangiliklar

13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  14 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  15 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  9 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1

Sergey Lushchan: "Standart vaziyatlar biz uchun penaltidek bo'lib qoldi. Hisobda oldinga chiqib olish, biz uchun "tragediya"ga aylanmoqda" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Standart vaziyatlar biz uchun penaltidek bo'lib qoldi. Hisobda oldinga chiqib olish, biz uchun "tragediya"ga aylanmoqda"

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Navbahor" (2:2) uchrashuvidan so'ng "Lochinlar" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz raqibdan kutgan o'yin bo'ldi. Raqib bugun o'zining kuchli jihatlarini namoyish eta oldi. Xulosalar ikki xil. Biz bir yarim taym davomida tayyorlagan barcha rejamizni amalga oshira oldik. SHu vaqt ichida juda yaxshi o'ynadik. Standart vaziyatlar biz uchun penaltidek bo'lib qoldi. Mening fikrimcha, bizning jamoamizda 4-5 nafar futbolchi ikkinchi qavatda juda yaxshi o'ynay olishadi, ammo o'yinda standartdan gol o'tkazib yuboryapmiz. Gol urishimiz bilan o'yinimiz yomonlashib bormoqda. Biz birinchi bo'lib gol urmasligimiz kerak ekan, bu biz uchun "tragediya"ga aylanmoqda. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin esa yana o'yinga qaytmoqdamiz. Bu ruhiyatga bog'liq. Ushbu muammoni hal etishga ko'p marotaba harakat qildik, ammo befoyda. Gol urishimiz bilan himoyaga yotib olyapmiz. Natijadan qoniqdim, sababi ikki jamoa ham bugun munosib o'yin namoyish etdi. Teng kurashli o'yin bo'ldi bugun", - dedi Sergey Lushchan.

- Jamoangiz o'tkazib yuborgan tezkor gol o'yinga qanchalik tasir o'tkazdi?

- Albatta. Biz birinchi daqiqadayoq gol o'tkazib yuborishimiz kerak ekan(hazil tariqasida). Muhimi, birinchi bo'lib gol urmaslik. Mashg'ulotlarda ushbu jihat ustida ishlashimiz kerak. Gol urishimiz va hisobda oldinga chiqib olishimiz bilan darhol himoyalanmoqdamiz. Ushbu muammoning echimini topa olmayapman. Mening murabbiylik iqtidorim ushbu masalani hal etishga etmayapti.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика