So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Sergey Lushchan: "Mavsum avvalida bizda aniq bir maqsad yo'q edi, hozir esa... Futbolchimizda xorijdan taklif bor" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Mavsum avvalida bizda aniq bir maqsad yo'q edi, hozir esa... Futbolchimizda xorijdan taklif bor"

Superliga 14-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Mashal" uchrashuvidan so'ng (0:6) namanganliklar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yinga qadar juda ko'p xavotirlangandik. "Mashal" jamoasining himoyadagi muammolari borligini bilardik. Ular vertikal futbol yaxshi o'ynashi meni o'ylantirayotgan edi, ammo biz sxemani o'zgartirdik. Hisob 6:0, menimcha ko'p narsa gapirish shart emas. Juda yaxshi g'alaba bo'ldi" - dedi Sergey Lushchan bugungi bahs haqida.

- Transferlar oynasida tarkib kuchayadimi?

- Ushbu masalada rahbariyat va viloyat hokimligi bilan maslahatlashmoqdamiz. Barchasi uchun pul kerak. Albatta, tarkib kuchayishini istayman. Mavsum avvalida bizda aniq bir maqsad yo'q edi, hozir esa yaxshi natija qayd etishimiz mumkin. Ishtaha taom vaqti keladi deyishadi-ku. Legioner futbolchini olib kelish, o'zimizning futbolchilarning joyini band etish degani. Maqsadimiz oddiy - 70% tarkibimizni mahalliy futbolchilardan yig'ish va ikki mavsumdan so'ng chempion bo'lish. Chempion bo'lish uchun esa yigitlarni o'ynatish kerak. Legionerlarni olib kelish, mening fikrimcha, noto'g'ri.

- Jamoani tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilar ham bormi?

- Bor. Ikkita-uchta futbolchini. Ular menga yoqishadi, ammo ular bizning o'yinimizga mos kelmayapti. Har bir murabbiyning o'ziga yarasha uslubi bor. O'sha futbolchilar esa umuman boshqa uslubdagi futbol o'ynab kelishgan. Bir futbolchimizda xorijdan taklif bor. Uni majburlab ushlab o'tirmaymiz. U futbolchi yaqinda ko'rikka boradi va umid qilamanki, o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oladi. Yana ikki futbolchimizga ham qiziqish bor, lekin ularni qo'yib yubora olmaymiz, afsuski. Ularni qo'yib yuborsak, tarkibimiz ancha kuchsizlanib qoladi. Hujum chizig'imizda kam o'yin vaqtiga ega bo'layotgan futbolchilar bor, ammo tayanch yarim himoya va himoyachilar poziciyasida futbolchilar etishmovchiligi bor.

- Ushbu futbolchilar nomini ayta olasizmi?

- Hozir shunchaki taklif, transfer emas. Shu sababli, bu haqda gapirmagan bo'lardim. Bizga xatlar kelmoqda. Futbolchilarimiz ketishi aniq bo'lganida, elon qilamiz.

- Himoyachi Toirov haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- U kechagi mashg'ulotda jarohat oldi. Jo'raboev ham xuddi shunday. Ular jarohat olmasa bo'ldi. Gilerme jarohat olganida, men keyingi uchrashuvda Toirov o'ynaydi, degan edim.

- Darvozabonlarimiz safida ham kuchayish kuzatiladimi?

- Yo'q. Darvozabonlarga to'liq ishonaman. Bizning darvozabonlar murabbiyimiz eng yaxshisi deya olaman. O'tgan mavsumda darvozabon poziciyasida muammolar bor edi, yangi mavsumda esa yo'q. To'g'ri, darvozabonlar xato qilishi mumkin, ammo ular futbol o'ynashmoqda. Futbol o'ynash muhimi, xato qilishdan qo'rqmaslik kerak.

- Kubokni ko'plab kuchli jamoalar tark etdi. "Navbahor" bu mavsum Kubokni qo'lga kiritishi mumkinmi?

- Bizda ambiciyalar bor, ammo bu futbol. Men hech qanday favoritlarni ko'rmayapman. Kubokni qo'lga kiritadigan jamoa OCHLga yo'l oladi. Ayrim jamoalar faqatgina Kubokka etibor qaratadi. Sababi, Superliga orqali medallarni qo'lga kiritishni qiyin ekanligini bilishadi. 90 yillarda Kubok bahslariga ko'pgina jamoalar jiddiy etibor qaratmas edi. Hozir esa Kubok musobaqasidagi g'oliblik, xalqaro musobaqada ishtirok etishning yagona yo'li.

- O'yin qaydnomasidan Xoldorxonov va Ubaydullaevlar joy olmadi...

- Hujum chizig'ida raqobat kuchli deb aytib o'tdim. Taklifi bor futbolchilar ham shular. Agar ularni sota olsak, klub qanchadir mablag' ishlab oladi. Biz 6:0 hisobida g'alaba qozondikmi? Demak, to'g'ri qaror qabul qilganmiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика