So’nggi yangiliklar

17:10Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф". Таркиблар маълум  3 17:10Суперлига. "Сурхон" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  10 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   4 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  0 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  3 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  9 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  2 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  2 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2

Sergey Lushchan: "Futbolchi individual xatoga yo'l qo'yyaptimi, demak uning mahorati bo'yicha savollar bor. Maqsadlar masalasi bo'yicha muvaffaqiyatsiz mavsum bo'lgani aniq" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Futbolchi individual xatoga yo'l qo'yyaptimi, demak uning mahorati bo'yicha savollar bor. Maqsadlar masalasi bo'yicha muvaffaqiyatsiz mavsum bo'lgani aniq"

"Olimpik" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Sergey Lushchan bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Kutilmalarimizning barchasi ro'y berdi. Raqib juda ambicion jamoa. Iqtidorli futbolchilari ko'p. Bunday jamoalarga qarshi o'ynash qiziqarli, ammo oson emas. Bunday jamoalarga qarshi himoyalanish qiyin. Yoshlar tezkor va harakatchan bo'lishadi va shu sababli tajribali futbolchilar ularga qarshi o'ynashda biroz qiynalishadi. Tan olishimiz kerak, bizning futbolchilarimiz ancha tajribaliroq. Natija adolatli bo'ldi deb o'ylayman. Biz g'alaba qozondik va men natijadan qoniqdim", - deya fikr bildirdi bugungi uchrashuv haqida Sergey Lushchan.


- "Olimpik" jamoasining futbolchilari tezkor, markaziy himoyachilaringiz Jokich va Ahmedov esa tezligi past va sekin futbolchilar. SHuningdek, raqib bugun etarlicha vaziyatlar yarata oldi. "Navbahor" markaziy himoyachilarining o'yinidan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?


- Men aytib o'tganimdek, ular tezlik va harakatchanlik tufayli o'yinning bir qismida maydon markaziga egalik qilishdi. Biroq men markaziy himoyachilarimizdan raqib tezlik tufayli qochib ketgan vaziyatni ko'rmadim, to'g'risi.


- "Olimpik" futbolchisi Bozorov birinchi bo'limda qanotdan hujumchi o'tayotgan chog'ida Ahmedov qoidabuzarlik orqali hujumchini to'xtatib qoldi-ku.


- U vaziyatda poziciyalar almashinuvi bo'layotgan edi. SHu sababli bunday vaziyatga yo'l qo'yildi. Bu tabiiy hol. Har bir jamoada bunday holatlar bo'lib turadi. Raqibimiz 2-3ta imkoniyatga ega edi. Men hali "Olimpik" raqibdan bir bosh past bo'lib o'ynaganini ko'rmadim.


- Kubok finalidan so'ng jamoada qandaydir motivaciya qoldimi? Hozir jamoa oldida aniq bir maqsad yo'q. Bunday holatda futbol o'ynash uchun kuch topa olish qanchalik qiyin bo'lmoqda?


- Motivaciya yo'q deya olmayman. Mashg'ulotlarda hech qaysi bir futbolchi, o'zini majburlab shug'ullanayotgani yo'q. Professional futbolchi shunisi bilan ham ajralib turadi. Haqiqiy professional har doim motivaciya bilan o'ynaydi. Futbol o'ynash uchun ishtiyoq topa olmaslik g'alati. Masalan, puli ko'payib ketib, milliarder bo'lib qolgan futbolchi butsalarini mixga ilishi kerak. Farqi yo'q futbolchi necha yosh, u o'yindan zavqlanishi kerak. Bu masala bo'yicha bizda muammo yo'q deb o'ylayman. O'z maqsadlarimizga erisha olmaganimiz va muvaffaqiyatsiz bo'lgani shubhasiz.


- Futbolchilarning individual xatolariga qanday barham berish mumkin? Individual xatolarga chek qo'yishning iloji bormi? Tajribali murabbiy sifatida ushbu masala bo'yicha fikr bildirib o'tsangiz? Jamoangiz individual xatolar tufayli ko'p jabr ko'rmoqda. Bugun ham qo'pol xatodan so'ng gol o'tkazib yubordingizlar. Buni qanday qilib to'g'irlash mumkin?


- Menga ayting-chi, qaysi jamoada futbolchilar xato qilmaydi? "Barselona"dami yoki "Real"da? Men individual xatoga yo'l qo'ymaydigan futbolchilarni bilmayman. Siz bilsangiz, menga aytib yuboring.


- To'g'ri, lekin har bir o'yinda xatolar takrorlanaverishi kerak emas-ku. "Navbahor"da deyarli har bir uchrashuvda qo'pol xatolar kuzatilmoqda?


- Bo'lishi mumkin. Bu o'sha futbolchining mahoratiga bog'liq. Xato qilyaptimi, demak u etarlicha mahoratli emas. Konkret futbolchining o'ziga berilishi kerak bo'lgan savol. Imkon bo'lsa, jamoaga boshqa futbolchi izlash kerak. Bu ishni selekciya deb atashadi. Jamoada zaxira o'rindig'i "uzun" bo'lsa, xato qilayotgan o'yinchini zaxiraga olish kerak. Bunday imkon bo'lmasa, bu futbolchi ushbu jamoada nima qilyapti degan savol bilan, ushbu jarayonni tomosha qilishga majburmiz. Hamma adashadi. Masalan, Braziliya terma jamoasi himoyachisi bir o'yinda o'z darvozasiga ikkita gol olib kelsa, ushbu futbolchini yomon futbolchi deyish noto'g'ri. SHunchaki futbolchi uchun omadsiz kun bo'ladi. Siz barchasini tushunib turibsiz. Provokacion savol beryapsiz. Men ushbu savolga ochiqchasiga va ism-shariflarni ishlatgan holda javob berishim mumkin, ammo bu noto'g'ri.


- Keyingi uchrashuv "Paxtakor"ga qarshi. So'nggi yillarda ikki jamoa to'qnashuvi chempionatimizning eng principial bahsi bo'lib kelayotgandi. Joriy mavsumda esa, "Paxtakor" ham, "Navbahor" ham o'ta yomon natijalar qayd etmoqda. Ushbu to'qnashuvning ahamiyati hali hamon o'tgan mavsumlardagidekmi? Principiallik va jangovarlik shukuhi saqlanib qolganmi?

- Siz jurnalist sifatida fikrlayapsiz. Men esa bosh murabbiy sifatida fikr yuritaman va ishonch bilan ayta olamanki, bugungi uchrashuvda ham jangovar shukuh bor edi. Menga "Paxtakor"mi yoki boshqa jamoa umuman farqi yo'q. Har doim kurashuvchanlik va principiallik bor. Men barcha raqiblarga qarshi bir xil tayyorgarlik ko'raman. Professional futbolchi maydonga chiqib, o'z ishini alo darajada bajarishi kerak. Raqib jamoa nomining ahamiyati bo'lmasligi kerak.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика