So’nggi yangiliklar

10:32“Арсенал“ ёзда учта йирик трансферни амалга оширмоқчи  0 10:06Sofascore. Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 09:40Никола Лазаревич: "Рақибимизда мураббий алмашгач, ўйин услуби ўзгариб жамоа иккита ўйинда 12 та гол уришга эришди"  0 09:12“Локомотив“ “Олимпик“ни ишончли тарзда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:46Sofascore. Шомуродов “Милан“га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 08:20“Олимпико“ Клаудио Раньери билан чиройли хайрлашди  7 07:55Сергей Лушчан: "Бизга гол урилган вазиятда Азим Аҳмедовга нисбатан қоида бузилган эди. Саволларни ҳакамларга бериш керак, менга эмас"  1 07:27Суперлига. Бугун 10-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  6 06:30Суперлига. "Қизилқум" ва "Машъал" йирик ҳисобда мағлубиятга учради, "Навбаҳор" эса Тошкентда ғалаба қозонди  3 03:50ПСВ Нидерландия чемпиони бўлди  4 01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  34 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  6 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  72 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  19 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1

Sergey Lushchan: "Bizga gol urilgan vaziyatda Azim Ahmedovga nisbatan qoida buzilgan edi. Savollarni hakamlarga berish kerak, menga emas" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Bizga gol urilgan vaziyatda Azim Ahmedovga nisbatan qoida buzilgan edi. Savollarni hakamlarga berish kerak, menga emas"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Navbahor" (2:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yaxshi o'yin bo'ldi. Bahs muxlislarga yoqdi degan umiddaman. Yigitlardan so'ragan barcha ko'rsatmalarimiz bajarildi. Natija esa tabloda ko'rinib turibdi. Raqib ham etarlicha qonimizni ichdi. Yana 2-3ta vaziyatlarimizdan foydalanganimizda, o'yin masalasini anch erta hal etgan bo'lar edik. Yaxshi jamoaga qarshi yaxshi maydonda o'ynash yoqimli. Omad bugun biz tomonda bo'ldi. Men VAR tushunmayman to'g'risi. Bir o'yinda boshqacha talqin qilinadi, ikkinchisida esa umuman boshqacha. Qoidalarda adashib ketganman. Hakamlar komissiyasi vaziyatlarni tahlil qilib chiqsa kerak. Ikki jamoa ham teng sharoitlarda edi" - deya fikr bildirdi Sergey Lushchan bugungi bahs haqida.

- "Navbahor" so'nggi bir hafta ichida uchta o'yinda ishtirok etdi. Zich taqvim futbolchilarning jismoniy holatiga qanchalik tasir qilmoqda?

- Har bir jamoaga har uch-to'rt kunda o'ynash qiyinchilik tug'diradi. Biz Kubok bahsida kam o'yin imkoniyatga ega bo'layotgan futbolchilarni maydonga tushirgan edik, ammo so'nggi 20 daqiqada asosiy futbolchilarni maydonga tashlashga majbur bo'ldik. Sababi natija kerak edi. Ikki o'yinda ham natijaga erishdik, demak yaxshi ishlagan ekanmiz. Endi esa bir haftalik tanaffus bor va "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yin. O'ylaymanki, futbolchilar keyingi bahsga qadar tiklanib olishadi. Keyin esa katta tanaffus bor.

- "Bunyodkor" jamoasi qanday qiyinchiliklar tug'dirishi kutgan edingiz va o'yin jamoangiz uchun qanchalik qiyin bo'ldi?

- "Bunyodkor" jiddiy jamoa ekanligi sir emas. Hujum chizig'i ancha kuchli. Raqibni ko'p vaqt davomida o'rgangan edik. O'rganganlarimizni yigitlar bilan bo'lishdik. Bugun futbolchilar raqibning kuchsiz jihatlaridan foydalana olishdi. Himoya chizig'idagi muammolardan xabardor edik. O'yindan ko'nglim to'ldi va men kutgan narsalar sodir bo'ldi.

- "Navbahor" futbolchilari tanaffusdan so'ng ancha faol bo'ldilar. Tanaffusda futbolchilarga nimalar dedingiz?

- Deyarli hech narsa. O'yin jarayonida o'zgarish qilish qiyin. O'yin tizimini mashg'ulot jarayonida o'rganib olish kerak. Biz maydon markazida vertikal futbol o'ynay boshladik. Tanaffusda yigitlarni tinchlantirib olish kerak edi.

- Futbolchilaringiz ikkinchi bo'limda ko'proq o'z tartibli o'ynagandek tuyuldi. Masalan, Ruslanbek Jiyanov birinchi bo'limda turli xil zonalarda paydo bo'ldi, ammo tanaffusdan so'ng o'z poziciyasida harakatlandi.

- O'zingiz savolga javob berib qo'ydingiz. So'nggi daqiqalarda ikki hujumchimiz bir qanotga o'tib olishdi. Ular hali yosh. Ularni tinchlantirib olish kerak.

- Jamoangiz to'pga egalik qilayotgan chog'ida legioner futbolchilarga to'p juda kam etib kelayotgandek. Misol uchun, jamoangiz pozicion hujum tashkil etayotgan chog'i Teydi to'pni qabul qilib olish uchun yaxshi poziciyada edi, ammo futbolchilarni unga pas berishmadi va aksincha to'pni ortga uzatishdi. Bunga sabab o'zaro kommunikaciyadagi muammolarmi? Legionerlar mahalliy tilda muloqot qila olmasligi sababli mashg'ulot jarayonlarida jamoani tushunishga qiynalishmayapti?

- Mashg'ulotlarda bunday muammo yo'q. O'yin jarayonida esa ushbu muammo bor deb o'ylayman. Biz gol urganimizdan so'ng vertikal o'yin uslubiga o'tib olyapmiz. Lekin bu Teydini ko'rishmayotganini anglatmaydi. Bizning hujum chizig'imiz juda tezkor, xolos. Ikki tezkor futbolchilarimizdan raqib himoyachilarining ortiga ochilishni talab qilamiz. O'tgan mavsumda tarkibimizda tajribali futbolchilar ko'p edi. Jamoa charchab qolgan va tartibsizlik boshlanayotgan vaziyatlarda aynan tajribali futbolchilarimiz jamoani tinchlantirishi kerak edi. Hozirgi kunda tarkibimizda bunday futbolchilar yo'q. Hozircha natija yaxshi, agar natija qayd etilmasa yangi narsa o'ylab topishimiz kerak bo'ladi.

To'pga egalik qilishdan foyda yo'q. Birinchi bo'limning o'zidayoq 800ta pas amalga oshirish orqali ko'proq ochkolar to'play olmaymiz. Men yigitlar uchinchi zonadagi agressiv o'yin talab qilaman. Ayrim vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Biz natijaga ertaroq erishishimiz mumkin edi.

- Jamoada penaltilarni ijro etadigan asosiy futbolchi kim?

- Bizda Jiyanov, Ahmedov va O'rinboevlar mashg'ulotlardan so'ng qolib penaltilar tepishadi. Men hech kimni majburlamayman. Penaltilarni ijro etish mashg'ulot dasturimizdan ham joy olmagan. O'yindan bir kun avval 11 metrlik zarbani ijro etishi mumkin bo'lgan 3-4ta futbolchini elon qilamiz. O'yin jarayonida kim o'ziga ishonsa, o'sha futbolchi zarbani ijro etadi.

- Hakam VARda vaziyatni ko'rayotgan chog'i siz "Bunyodkor" bosh murabbiyi bilan bir nimalarni gaplashib oldingiz. Agar sir bo'lmasa, nima haqida gaplashdingiz?

- Men va raqib bosh murabbiyi o'yindagi ko'p to'xtalishlardan norozi edik. Men o'sha vaziyatni boshqacha ko'rdim, raqib bosh murabbiyi esa boshqacha. Ikki og'iz so'z almashdik xolos. Bizga gol urilgan vaziyatda Azim Ahmedovga nisbatan qoida buzilgan edi. Menimcha, o'sha vaziyatda qoida buzilgan edi. Gol urgan futbolchiga pas berilgan vaziyatda Azimga nisbatan qoida buzilgan edi. Menimcha, bu fol. Agar raqib futbolchisi Azimga nisbatan qo'pol o'ynamaganida, gol toza urilgan bo'lar edi. Fol bo'lsa gol bekor qilinishi kerak. Hozirgi qoidalarni tushunmayman. Masalan, oldin to'p qo'lga tegsa penalti belgilanar edi. Qo'l ko'tarilganmi yoki boshqa holatda farqi yo'q. Savollarni hakamlarga berish kerak, menga emas. Men ham sizlardek oddiy insonman. Qoidalar esa har yili o'zgarib bormoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

+3   
19 may 08:28:06
Saidjahon
Кушниларни чиройли галаба билан табриклайман.Озгина сабр килселар бу таркибга яна 2-3" ёш уйинчилар кушса келаси мавсум совриндорлар каторида булади(бу йил булса хам зур буларди) Аллох насиб килса.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика