So’nggi yangiliklar

22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  6 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  1 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  38 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  53 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  2 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  2 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   6 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  3 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0

Sergey Lushan: "Obod" bilan o'yinlarda doim qiynalamiz" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Obod" bilan o'yinlarda doim qiynalamiz"

"Obod" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Sergey Lushan o'z fikrlarini bildirdi.
- “Obod”ga qarshi o'tgan yili ham qiyin uchrashuv o'tkazgandik. Bu yil ham shunday bo'lishini taxmin qilgandik. Javob uchrashuvi ham og'ir kechishi aniq. Hisob bizni qoniqtirmadi. Ayrim o'yinchilar o'zlarining saviyasidan past darajada harakat qilishdi. Ularga imkon bergandik, shunday o'ynashdi. Akbar To'raev anchadan beri maydonga tushmagandi, lekin golda ayblay olmayman. Darvozabonlarda bunday noxush uchrashuvlar uchrab turadi.

- Javob uchrashuvida 0:0 hisobidagi durang sizni qoniqtiradimi?
- Keyingi bosqichga chiqishga yordam beradigan har qanday hisob meni qoniqtiradi.

- Sergey Ivanovich, siz har doim hammasi yaxshi bo'ladi deysiz? O'sha yaxshi kunlar qachon keladi? O'tgan yili klub mavsumni 4-o'rinda yakunladi.
- Bu savolni noyabr oyida berganingizda boshqacha javob bergan bo'lardim. O'tgan yilgi natijamiz sizni qoniqtirmadimi? Jamoaning 90 foiz tarkibi yangilangan bo'lsa, qanday qilib chempion bo'lish mumkin? Butun dunyoda bunday klub bormikan? Tushunaman, siz ham klub uchun qayg'uryapsiz. Ammo tushuning, men ham yaxshi futbolchilarim bo'lishini xohlayman. Buning uchun ishlayapmiz. Etibor bering, qisqa vaqt ichida akademiyamiz tarbiyalanuvchilari milliy terma jamoada o'ynaydigan darajada chiqishdi. Vaqti keladi, “Bunyodkor” haqiqatdan ham men aytgandek darajaga chiqadi. Bu kunlarni siz ham, biz ham ko'ramiz. Yigirma to'rt soat klubning rivojlanishi uchun ishlayapmiz.

- Sizning falsafangiz qanday?
- Mening rejam va falsafam hech qachon o'zgarmaydi. Pressingga asoslangan hujumkor o'yin ko'rsatishni istayman. CHunki shu orqali g'alaba qozoniladi. Tez orada shunday ham bo'ladi. Bugun ham ko'rdingiz pressing qo'llaganimizda raqib darvozasi oldida bir qator imkoniyatlarga ega bo'ldik. Agar shogirdlarim o'sha vaziyatlarni golga aylantirganida va bugun hisob boshqacha bo'lganida bunday savol bermagan bo'lardingiz. Biz o'zimiz xohlagan futbol sari qadam tashlayapmiz. Biroq nimadir bizga to'sqinlik qilyapti. Ammo buni gapirib, ayb izlashni xohlamayman. Jamoaga nima bo'layotganini bilaman. O'sha kamchiliklarni bartaraf qilish yo'lida ishlaymiz.

- Doston Hamdamovning bugungi holati qanday?
- U jarohatini davolatmoqda.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика